Markaziy bankda “Huawei Tech Investment Tashkent” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini oshirish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Unda hozirgi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib, zamonaviy texnologik yechimlar dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi, bu esa o‘z navbatida, raqamli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltirishi qayd etildi.
Muloqot chog‘ida kompaniyaning raqamli infratuzilma va AKTni rivojlantirish yo‘lidagi tajribasi hamda bu borada erishilgan natijalar xususida ma'lumot berildi.
Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari mamlakat bank tizimi xodimlari salohiyatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Ma'lumot uchun: 1987 yilda tashkil etilgan Huawei kompaniyasi axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi va aqlli qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda faoliyat yurituvchi kompaniya 195 mingga yaqin xodimlariga ega bo‘lib, dunyoning uch mlrd.dan ziyod aholisiga xizmat ko‘rsatadi.
“Huawei Tech Investment Tashkent” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
Yangilangan sana:
15 Mar 2024, 15:30