Press-relizlar
28.07.2010 Mikromoliyalash sohasida qonunchilik bazasi yanada mustahkamlanadi
27 iyul kuni mikromoliyalash sohasida amaldagi qonunchilik bazasiga kiritilishi nazarda tutilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar loyihasini muhokama etish hamda soha ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlar bo'yicha boshqa bir qator dolzarb masalalarga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Davra suhbatida Markaziy bank, Mikrokreditbank mutaxassislari, mikrokredit tashkilotlari, kredit uyushmalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va BMT Taraqqiyot dasturining «Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash» qo'shma loyihasi doirasida o'tkazildi. davomi>
28.07.2010 “Aktiv-Invest” kredit uyushmasi faoliyati to'xtatildi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 24 iyuldagi qarori bilan “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida” qonunning 17-, 53-moddalari, «Kredit uyushmalari to'g'risida» Qonunning 6-, 28-moddalari va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo'llaniladigan choralar va sanktsiyalar to'g'risida”gi Nizomning 5-bandiga asosan “Aktiv-Invest” kredit uyushmasidan (Toshkent sh.) kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddati tugatildi. davomi>
27.07.2010 NKT tizimi o'sishda davom etmoqda
Joriy yil birinchi yarim yilligida O'zbekiston nobank kredit tashkilotlari (NKT) tizimi o'sishda davom etdi.
Nobank kredit tashkilotlarining umumiy kapitali o'tgan yilning shu davriga nisbatan 80,7% o'sdi yoki 68,2 mlrd so'mni tashkil etmoqda. davomi>
26.07.2010 Kredit tashkilotlari ikkitaga ko'paydi
«O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida»gi qonunning 17-moddasi va «Kredit uyushmalari to'g'risida»gi qonunning 4-moddasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori bilan quyidagi yuridik shaxslarga kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi: davomi>
19.07.2010 Bank tizimi: mustahkam resurs bazasiga ega
Respublika Markaziy bankida bank tizimining 2010 yilning birinchi yarmidagi faoliyati yakunlari hamda mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan respublika Hukumatining shu yil 29 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2010 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustivor vazifalari amalga oshirilishini so'zsiz ta'minlashga doir bank tizimida ishlab chiqilgan qo'shimcha chora-tadbirlar ijrosiga bag'ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo'lib o'tdi. davomi>
13.07.2010 Mikromoliyalashtirish tizimini tartibga solish va nazorat qilish
Markaziy bank bosh idorasi va hududiy bosh boshqarmalari hamda boshqa manfaatdor tomonlar mutaxassislari uchun mikromoliyalashtirish tizimini tartibga solish va nazorat qilishning eng yaxshi amaliyotini muhokama qilish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi. Mazkur seminar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi “Mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” qo'shma loyihasi tomonidan tashkil etildi. davomi>
09.07.2010 Litsenziyaning amal qilish muddati tugadi
«O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida» va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek litsenziyaning amal qilish muddati tugagani sababli O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga qimmatli qog'ozlar blankalarini ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi. davomi>
01.07.2010 O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki hamda Xalqaro valyuta jamg'armasining qo'shma bayonoti
Toshkentda 30 iyun kuni Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) missiyasi va O'zbekiston Respublikasi rasmiy organlari quyidagi qo'shma bayonotni qabul qildi: davomi>
Press-relizlar arxivi:
|