THE CENTRAL BANK OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
 
 
Markaziy bank haqida
Pul-kredit siyosati
To'lov tizimi
Bank tizimiga oid qonun hujjatlari
Kredit axboroti almashinuvi tizimi
Kredit tashkilotlari
Qimmatli qog'ozlar bozori
Savol-javoblar
Valyutalar kurslari
Markaziy bank huzuridagi muassasalar
Markaziy bank va BMTTD qo'shma loyihasi
Interaktiv xizmatlar
 
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar

Bosh sahifa > OTBning 43-yillik yig'ilishi oldidan >

Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashining Toshkentda bo'lib o'tadigan 43-yillik yig'ilishi arafasida bank prezidenti Xaruxiko Kuroda tayyorgarlik borishini ko'zdan kechirish uchun 15 fevral kuni Toshkentga etib keladi, deb xabar beradi bank matbuot xizmati.

Shu yilning 1-4 may kunlari bo'lib o'tadigan OTB direktorlar kengashining 43-yillik yig'ilishida kamida 3 ming kishi, hukumatlar rahbarlari, markaziy banklar raislari, moliya vazirlari, shuningdek, ilmiy hamjamiyat, matbuot va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishi mo'ljallanmoqda.

Mazkur anjuman OTBning Markaziy Osiyo davlatlarida o'tkazayotgan ilk yillik yig'ilishidir. O'zbekiston OTBga 1995 yilda a'zo bo'lib kirgan, mana shu davrdan buyon bankdan umumiy qiymati 1,29 mlrd dollar bo'lgan 30 marta kredit, 40,75 mln. dollar miqdorida texnik ko'mak olgan.

Xaruxiko Kuroda tashrif chog'ida Yillik yig'ilish o'tadigan asosiy joy - "O'zekspotsentr”ning markaziy ko'rgazmalar zalini borib ko'radi, O'zbekiston hukumati yuqori rahbarlari bilan uchrashadi. Shuningdek, OTB tomonidan moliyalashtirilgan Samarqand va Buxorodagi loyihalarning borishini ko'zdan kechiradi.

Yillik yig'ilishda OTB xodimlari, hukumatlar vakillari va xususiy sektor ekspertlari, atrof-muhitning o'zgarishiga qarshi kurash ko'zda tutilgan, 2012 yildan keyingi yangi moliyaviy tizimda OTBning tutgan o'rnini muhokama qiladilar. Shu bilan birga global monetar tizimni isloh qilish va ijtimoiy himoya vositasida keng qamrovli o'sish sur'atlarini ko'rib chiqadilar. Boshqaruvchilar o'tkazadigan seminarning aosiy mavzusi “Osiyo integratsiyasi va global o'sish” deb nomlanadi.

Manilada joylashgan OTB o'zining asosiy faoliyatini keng qamrovli iqtisodiy o'sish orqali Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qashshoqlik darajasini qisqartirish, ekologik barqaror o'sish va mintaqaviy integratsiya sohalarida olib bormoqda.

OTB 1966 yilda tashkil topgan. Bankka hozirgi paytda 67 ta mamlakat a'zo bo'lib, ularning 47 tasi bevosita mintaqada joylashgan.

   Tashriflar soni: 4059239
   Yangilangan sana: 06.09.2010
 
Àäðåñ: 100001, Toshkent, O'zbekiston shoh ko'chasi, 6; Òåë.: (998 71) 252-57-39 (òåë./ôàêñ); E-mail: webmaster@cbu.uz
© O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2005-2010