- Rahbar: Karaliyev Sherbek Turaboyevich
Aloqa ma’lumotlari
Telefon: 71-212-61-45Vazifa va funksiyalar
Bosh maqsad:
Markaziy bankning kredit tashkilotlari faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Departamentning vazifalari:
- Markaziy bankning tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi, zarurat tug‘ilganda amaldagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjat loyihalarini tayyorlaydi hamda tasdiqlash uchun Markaziy bank Boshqaruvi muhokamasiga kiritilishini ta’minlaydi;
- bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qiladi va zarur hollarda Markaziy bank rahbariyatiga taklif kiritib boradi;
- Bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, innovatsion texnologiyalarga asoslangan bank xizmatlari joriy qilish hamda bank xizmatlarining sifatini oshiruvchi yangi turdagi bank xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash yuzasidan takliflar beradi;
- boshqa vazirlik va davlat idoralari tomonidan kiritilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tegishli departament va mustaqil boshqarmalar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mosligini o‘rganadi va xulosalar tayyorlaydi;
- kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi hamda boshqa ijro organlari bilan birgalikda ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ro‘yxatga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tashkil etadi;
- tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlarini amaldagi qonunchilik me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini monitoring qiladi hamda natijalari bo‘yicha Markaziy bank rahbariyatiga axborot va taklif kiritib boradi;
- Markaziy bankning «O‘zbekiston Respublikasi Kredit tashkilotlarining faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlarning muntazam ko‘rsatkichi»ni ishlab chiqadi va hisobini yuritadi hamda ularning asl nusxalarini qog‘ozdagi va elektron nusxalari arxivini tashkil etadi;
- vazirlik va idoralar, kredit tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslarning so‘rovlari, ariza va shikoyatlariga departament vakolati doirasida malakali javoblar tayyorlaydi;
- Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlari loyihalarini ekspertiza qilish ishlarini amalga oshiradi.