Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kredit axborotining davlat reestrini yuritish xizmati

Yangilangan sana:  25 Avg 2023, 11:39
  • Rahbar: Xotamov Sardor Abdumajitovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-61-17

Vazifa va funksiyalar

Departamentning vazifalari:
  • kredit tashkilotlaridan qarz oluvchilar va ularning kredit operatsiyalari, majburiyatlari, ta’minot turlari, kreditlash manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish yo‘li bilan Kredit axborotining davlat reestrini shakllantirish va yuritish.
Departamentning funksiyalari:
  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Kredit axborotining davlat reestriga ishonchli kredit axborotini yig‘ish va uni qayta ishlashning samarali mexanizmini yo‘lga qo‘yish;

  • Markaziy bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga hamda Markaziy bank rahbariyatiga bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarda aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar ko‘rish imkonini beruvchi kredit axborotini va tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish;
  • kredit axboroti almashinuvi borasida belgilangan tartibda xalqaro va xorijiy moliya-kredit tashkilotlari, kredit axboroti byurolari va kredit axborotining davlat reestrlari bilan hamkorlik qilish hamda ularning nazariy va amaliy tajribalarini qo‘llash;
  • kredit axboroti almashinuvi tizimida ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash hamda tahlil etish ishlarini foydalanuvchilarning talabi va o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda takomillashtirish;
  • xalqaro tashkilotlar (Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqalar) bilan hamkorlikda Kredit axborotining davlat reestriga kredit axborotini shakllantirish va kredit axboroti almashinuvini takomillashtirish borasida tahlillar o‘tkazish, dasturlar va loyihalar ishlab chiqishda qatnashish hisoblanadi.

USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X