Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2025 yil 2-oktabr kuni o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 30 Sen 2025, 14:58

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025 yil 2-oktabr kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida Markaziy bank obligatsiyalarini quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

Auksionda joylashtiriladigan obligatsiyalar rekvizitlari:

Obligatsiya turi: Markaziy bank obligatsiyalari;

identifikatsion raqam: 21195CBUSS;

bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;

joylashtirish sanasi: 2025 yil 2-oktabr;

chiqarilish hajmi: 20 000 000 000 000 (yigirma trillion) so‘m;

muomala davri: 7 kun;

obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2025 yil 9-oktabr;

majburiyat bo‘yicha daromad turi: diskont;

auksion o‘tkazilish shakli: gollandcha

daromadlilik: sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farq.

daromadlilikning maksimal chegarasi: asosiy stavka

Auksion o‘tkazish shartlari:

arizalarni qabul qilish vaqti: 11:00 – 11:30;

arizalarni qondirish vaqti: 11:30;

to‘lov valyutasi: so‘m;

auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;

bitimlar qiymatini yaxlitlash:matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.




Ulashish:

 
USD = 11990.09
+26.86
EUR = 13974.45
+3.79
RUB = 157.95
+2.6
GBP = 16001.97
+35.84
JPY = 77.40
+0.13
CHF = 14937.20
-22.45
CNY = 1696.08
+4.38
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X