Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Мuomala davri 30 kun bo‘lgan Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha 2022-yil 20-aprel kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  20 Apr 2022, 14:41

Joriy yilning 20-aprel kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 30 kun bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 1   trln. so‘mlik 1 000 000 dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.

Auksionda 9 ta tijorat banki ishtirok etib, 1 018 300 dona obligatsiyani sotib olish uchun 1,00 mlrd. so‘m hajmidagi raqobatli buyurtmanomalarni taklif etdi.

Auksion davomida 1 000 000 dona qimmatli qog‘ozlar 984,63 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 18,996 foizni, minimal daromadlilik darajasi -18,850 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi -19,000 foizni tashkil etdi.    




Ulashish:

 
USD = 12600.14
+10.14
EUR = 13642.17
-23.02
RUB = 135.92
-0.05
GBP = 15908.94
-23.71
JPY = 83.24
+0.01
CHF = 13918.19
-47.42
CNY = 1743.43
-0.72
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X