Joriy yilning 19-oktabr kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 90 kun bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 1 trln. so‘mlik 1 000 000 dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.
Auksion davomida 1 000 000 dona qimmatli qog‘ozlar 960,36 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).
Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 16,7382 foizni, minimal daromadlilik darajasi -16,0199 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi -16,9998 foizni tashkil etdi.