Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Мuomala davri 60 kun bo‘lgan Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha 2022-yil 14-mart kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  14 Mar 2022, 15:31

Joriy yilning 14-mart kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 60 kun bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 1  trln. so‘mlik 1 000 000 dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.

Auksionda 6 ta tijorat banki ishtirok etib, 721 980 dona obligatsiyani sotib olish uchun 705,75 mlrd. so‘m hajmidagi raqobatli buyurtmanomalarni taklif etdi.

Auksion davomida 721 980 dona qimmatli qog‘ozlar 705,75 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 72,2 foizi).

Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 13,99 foizni, minimal daromadlilik darajasi -13,94 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi -14,00 foizni tashkil etdi.  



 
USD = 11004.94
-9.07
EUR = 10783.74
+108.96
RUB = 192.98
+1.18
GBP = 12278.21
+312.59
JPY = 76.19
+0.08
CHF = 11255.95
+26.33
CNY = 1548.86
+10.23
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X