Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Мuomala davri 45 kun bo‘lgan Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha 2022-yil 25-mart kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  25 Mar 2022, 15:14

Joriy yilning 25-mart kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 45 kun bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 600  млрд. so‘mlik 600 000 dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.

Auksionda 4 ta tijorat banki ishtirok etib, 254 505 dona obligatsiyani sotib olish uchun 248,72 mlrd. so‘m hajmidagi raqobatli buyurtmanomalarni taklif etdi.

Auksion davomida 254 505 dona qimmatli qog‘ozlar 248,72 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 42,42 foizi).

Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 18,85 foizni, minimal daromadlilik darajasi -18,75 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi -18,92 foizni tashkil etdi.    




 
USD = 11004.94
-9.07
EUR = 10783.74
+108.96
RUB = 192.98
+1.18
GBP = 12278.21
+312.59
JPY = 76.19
+0.08
CHF = 11255.95
+26.33
CNY = 1548.86
+10.23
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X