Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Мuomala davri 60 kun bo‘lgan Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha 2022-yil 16-may kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  16 May 2022, 16:21

Joriy yilning 16-may kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 60 kun bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 1 trln. so‘mlik 1 000 000 dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.

Auksion davomida 558 873 dona qimmatli qog‘ozlar 541,95 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 55,89 foizi).

Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 18,9996 foizni, minimal daromadlilik darajasi -18,9981 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi -19,0000 foizni tashkil etdi.    




 
USD = 11004.94
-9.07
EUR = 10783.74
+108.96
RUB = 192.98
+1.18
GBP = 12278.21
+312.59
JPY = 76.19
+0.08
CHF = 11255.95
+26.33
CNY = 1548.86
+10.23
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X