Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bank xizmatlari hududlarda ham zamon talablariga moslashtiriladi

Yangilangan sana:  25 Fev 2020, 17:41
24 Fev 2020

Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida tijorat banklari rahbarlari ishtirokida bank tizimi faoliyatini transformatsiya qilish, shuningdek, bank biznesini yuritishning zamonaviy modellarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni joylarda bevosita o‘rgangan Ishchi guruhlar xulosalari muhokama qilindi.

Markaziy bank va tijorat banklarining mutaxassislaridan tarkib topgan mazkur guruhlarning joylarda Bank xizmatlari markazlarini tashkil etish, mijozlar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning holati, shuningdek, bank mijozlari bilan munosabatlarni o‘rnatishda zarur bo‘lgan biznes yondashuvlarga to‘sqinlik qilayotgan real sabablarni bartaraf etish bo‘yicha bergan xulosalari atroflicha tahlil etildi.

Muhokama jarayonida joylardagi Bank xizmatlari markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda jiddiy yondashuv zarurligi, mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasiga alohida e’tibor qaratish, chakana xizmatlarni rivojlantirish, universal kassalarda mijoz uchun har tomonlama qulayliklar yaratish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur ishlarni amaliy jihatdan tezlashtirish maqsadida tijorat banklarining rahbarlari boshchiligida barcha tumanlardagi filiallar xizmatlarini oxirgi o‘zgarish va talablardan xabardor qilish, seminar-treninglar o‘tkazish va Bank xizmatlari markazlarini samarali tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

USD = 12689.97
-15.03
EUR = 13557.96
+14.43
RUB = 137.20
+1.09
GBP = 15771.09
+66.44
JPY = 81.90
-0.16
CHF = 13879.44
-53.01
CNY = 1751.28
-1.86
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X