Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

To‘lov terminallari infratuzilmasida yagona vositachilik haqi joriy etilishi to‘g‘risida axborot

Yangilangan sana:  28 Fev 2020, 16:49
28 Fev 2020

Bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshirilishida xalqaro tajriba bo‘yicha vositachilik haqi, qoida tariqasida, bank kartasi saqlovchisidan (egasidan) emas, to‘lovlarni qabul qiluvchi savdo va xizmat ko‘rsatish sub’ektlaridan olinadi. Ushbu vositachilik haqi banklarga to‘lov infratuzilmasiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash va banklararo vositachilik haqini to‘lash imkoni beradi.

Hozirda xorijiy davlatlarda bank vositachilik haqining miqdori to‘lov vositalarining turlariga (debet/kredit kartalari, internet orqali onlayn to‘lovlar va h.k.), sub’ektlarning faoliyat turiga (davlat tashkilotlari, supermarketlar, aviakassalar, mehmonxonalar, restoranlar, dorixonalar) bog‘liq bo‘lib, odatda 1 foizdan 3 foizgacha belgilanadi.

O‘z navbatida, to‘lov tizimlariga bepul xizmat ko‘rsatilishi xalqaro standartlar talablariga mos kelmaydi, shuningdek, to‘lov xizmatlari va to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishni, yangi to‘lov mahsulotlariga investitsiya kiritishni rag‘batlantirmaydi.

Shu munosabat bilan xalqaro tajribadan kelib chiqib, bank xizmatlarini bozor mexanizmlariga o‘tkazish maqsadida tijorat banklari va to‘lov tizimlari operatorlari bilan kelishilgan holda, 2020 yil 2 martdan boshlab mamlakatning barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari uchun o‘rnatilgan to‘lov terminallari infratuzilmasida savdo tushumining 0,2 foizi miqdorida vositachilik haqi kiritilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bu tadbir bir tomondan to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish uchun xarajatlarni qisman qoplashga, boshqa tomondan bank kartalari yordamida to‘lovlarni muntazam amalga oshiruvchi mijozlarga turli bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni (keshbeklar) taklif qilishga imkoniyat yaratadi, pirovard natijada esa, naqd pulsiz hisob-kitoblarni ko‘payishiga olib keladi.

USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X