Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank IHTT/XMTTning to‘liq a’zosiga aylandi

Yangilangan sana:  2 Mar 2020, 10:48
28 Fev 2020

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Xalqaro moliyaviy ta’lim tarmog‘ining (IHTT/XMTT) to‘la huquqli a’zosiga aylandi.

2008 yildan IHTT Xalqaro moliyaviy ta’lim tarmog‘i moliyaviy ta’lim sohasida standartlarni baholashni samarali amalga oshirish va monitoring qilish, aholining turli qatlamlarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish, o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini baholashning xalqaro dasturini (PISA) ta’lim tizimini baholash monitoringi amaliyotiga joriy etish sohalarida siyosat olib boradi.

120 dan ortiq a’zo mamlakatlardan tashkil topgan xalqaro tarmoq, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikasi kabi MDH davlatlarini ham o‘z ichiga oladi.

Tarmoqqa to‘liq a’zolik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga nafaqat resurslardan foydalanish va ulardan yordam olish, balki Texnik Qo‘mita yig‘ilishlarida hamda moliyaviy ta’limni takomillashtirish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etish imkonini beradi.

USD = 12628.05
+7.96
EUR = 13616.83
+17.42
RUB = 136.42
-0.31
GBP = 15927.76
+35.28
JPY = 83.44
+0.11
CHF = 14007.82
+81.44
CNY = 1748.70
+3.28
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X