Joriy yilning 9 mart kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida umumiy hajmi 100 mlrd. so‘m likvidlik taqdim etish bo‘yicha muddati 14 kunlik valyutaviy svop auksion savdolari o‘tkazildi.
Auksion davomida jami 95 mlrd. so‘m mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha kelib tushgan 10 mln. AQSh dollari hajmidagi buyurtmanomalar to‘liq qondirildi.
Auksion natijalariga ko‘ra, valyutaviy svop operatsiyalarning so‘mdagi qismi bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi, shuningdek minimal va maksimal stavka – yillik 17,0 foizni tashkil etdi.