Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Banklarning mobil ilovalariga ulanish va foydalanish tartibi qanday?

Yangilangan sana:  7 Apr 2020, 18:26
7 Apr 2020

Banklarning mobil ilovalariga ulanish va foydalanish tartibi qanday?

 

– Hozirda deyarli barcha tijorat banklari tomonidan bank mobilь ilovalari yaratilgan. Bir necha to‘lov tashkilotlarining ham mobilь ilovalari faol ishlamoqda. Bu aholiga bankka tashrif buyurmagan holda qulay, tezkor va ishonchli to‘lov xizmatlaridan foydalanish imkonini bermoqda.

Tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlarining mobil ilova xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:

  • uydan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish;
  • infektsiya ehtimoli mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘larisiz xaridni amalga oshirish;
  • daromad va xarajatlarni kuzatib borish;
  • vaqt va transport xarajatlarini tejash va xavfsizlikni oshirish.

Mobil ilovalardan foydalanish uchun, avvalo, ixtiyoriy bankdan o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini olish taqozo etiladi (agar bank kartasi mavjud bo‘lmasa). Hozirda tijorat banklari tomonidan ikki turdagi (HUMO va UZCARD) bank kartalari emissiya qilinmoqda.

Jismoniy shaxslar tomonidan bank kartasini olish va mobilь ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:

  • bank kartasini (birinchi marta) olish uchun o‘zi tanlagan bankka pasport bilan murojaat qilish (onlayn tarzda tijorat banklarining rasmiy veb-saytlari orqali ham buyurtma berish imkoniyati mavjud);
  • kartani pul mablag‘lari bilan to‘ldirish (“cash-in” funktsiyali bankomat yoki bank filiallariga tashrif buyurish orqali);
  • bankka tashrif buyurib yoxud bankomat va infokiosklar orqali bank kartasini o‘z mobilь telefon raqamiga bog‘lash (biriktirish) orqali sms-xabarnoma yoki telegram-xabarnoma xizmatini faollashtirish;
  • tijorat banklari yoki to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarini Android operatsion tizimli mobilь telefon uchun “Google Play market” internet ilovasidan yoki iOS operatsion tizimli mobilь telefon uchun “Aprstore” internet ilovasidan yuklab olish;
  • mazkur mobil ilovalarda ro‘yxatdan o‘tish, ya’ni olingan bank karta raqami va amal qilish muddati kiritilgandan so‘ng mobil telefonga kelgan maxfiy kodni kiritish orqali identifikatsiyadan o‘tish;
  • xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mobil ilovaga kirish uchun maxsus maxfiy kodni o‘rnatish.

Mobil ilovalar orqali nafaqat kommunal va mobil aloqa xizmatlari, balki davlat xizmatlari uchun to‘lovlar, notarius xizmatlari, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar, soliq to‘lovlari, internet xizmatlari, ta’lim va xayriya uchun pul mablag‘larini o‘tkazish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va turli taomlarni etkazib berish xizmatlari uchun ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

USD = 12628.05
+7.96
EUR = 13616.83
+17.42
RUB = 136.42
-0.31
GBP = 15927.76
+35.28
JPY = 83.44
+0.11
CHF = 14007.82
+81.44
CNY = 1748.70
+3.28
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X