Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekistonning moliyaviy barqarorlik holatiga bag‘ishlangan davra suhbati

Yangilangan sana: 4 Iyun 2025, 17:53
4 Iyun 2025

Markaziy bankda tijorat banklarida xatarlarni boshqarishga mas’ul mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistonning moliyaviy barqarorlik holati yuzasidan navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir doirasida Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston moliya tizimidagi zaifliklar, mamlakat iqtisodiyotidagi makromoliyaviy sharoitlar, aktivlar bozori holati, moliya va nomoliya sektorlari tahlili, moliyaviy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tizimli xatarlar bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida aholining qarz yuki darajasi, mikroqarzlar bozoridagi holat, O‘zbekistonda foiz stavkalarning shakllanishi kabi dolzarb mavzularga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuvda banklarning shoklarga bardoshliligini baholash maqsadida asosiy va xatarli ssenariylar bo‘yicha o‘tkazilgan to‘lov qobiliyati hamda likvidlilik makro stress-test natijalari muhokamalar markazida bo‘ldi.

Tadbir davomida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan makroprudensial siyosat borasida fikr almashinildi.

Shu bilan birga, ma’lum sohalarda yuzaga kelayotgan zaifliklar va ularning oldini olishga qaratilgan amaliy choralar yuzasidan bank mutaxassislari fikr almashildi. Bu borada, Markaziy bank tomonidan qayd etilgan xatarlar yuzasidan tijorat banklariga tahlillarni kuchaytirish hamda ularning oldini olish bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

USD = 12618.63
-49.51
EUR = 14516.47
-124.1
RUB = 160.83
-0.32
GBP = 16989.72
-169.28
JPY = 87.07
-0.4
CHF = 15428.08
-159.64
CNY = 1755.76
-7.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X