Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

АNONS: Markaziy bank tadqiqot faoliyati rivojlantiriladi: tadqiqot kengashi, keng ilmiy hamkorlik va iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Yangilangan sana: 13 Iyun 2025, 18:59
13 Iyun 2025

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, istiqbolli iqtisodchi-tadqiqotchilarni tayyorlash hamda tadqiqotlar sifat va ahamiyatini oshirish maqsadida Tadqiqot kengashi tashkil etildi.

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Markaziy bankda tadqiqotlarni xalqaro ilmiy andozalarga moslashtirish, ularning amaliy ahamiyati va ommabopligini oshirish;
  • Mahalliy va xorijiy tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari professorlari bilan qo‘shma tadqiqotlar olib borish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Ilmiy tadbirlar – tadqiqot tanlovlarini, ilmiy seminar hamda olimlar ishtirokida workshop lar tashkil etish.

Shuningdek, ilmiy faoliyatni ustuvor iqtisodiy muammolarga yo‘naltirish, tadqiqotlar tizimini maqsadli va muvofiqlashtirilgan holda tashkil etish hamda ushbu jarayonlarga qiziqish bildirgan tadqiqotchi-iqtisodchilarni jalb qilish maqsadida Markaziy bankning 2 yillik strategik tadqiqot yo‘nalishlari dasturi ishlab chiqildi.

Vatandoshlarimiz Nyu-York universitetining professori Behzod Hoshimov (Viskonsin, PhD) hamda AQShning Texas davlat universiteti professori Botir Qobilov (Garvard, PhD) Kengashning ilk mustaqil a’zolari bo‘lishdi.

Ular bilan birgalikda “Kredit tashkilotlari tomonidan ajratiladigan noan’anaviy kreditlarga bo‘lgan talab va taklif omillari” mavzusida tadqiqot o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qator xorijiy tadqiqot markazlari hamda mahalliy tadqiqot institutlari bilan mamlakatimiz uchun dolzarb masalalarda qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha keng hamkorlik ishlari kuchaytiriladi.

Markaziy bank va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.

Tizimli ahamiyatga molik tijorat banklarida tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi alohida tarkibiy bo‘linmalarning tashkil qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu, avvalo, banklar miqyosida tahliliy salohiyatni mustahkamlash, ichki siyosat va qarorlar qabul qilish jarayonlarini ilmiy yondashuvlar asosida olib borish, shuningdek, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, mijozlar xulq-atvori bilan bog‘liq modellarni
va bozor tendensiyalarini chuqur o‘rganish imkonini beradi.

Mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalarda faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar (doktorantlar) hamda yosh iqtisodchilar uchun Markaziy bankda o‘z ilmiy ishlarini amaliyot bilan uyg‘un holda olib borishga mo‘ljallangan, haq to‘lanadigan qisqa muddatli tashrif dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Markaziy bankka yuqori ilmiy salohiyat va amaliy tajribaga ega xalqaro darajadagi iqtisodchi-tadqiqotchilarni shartnoma asosida jalb etish ham rejalashtirilgan.

Yuzaga kelayotgan yangi fenomenlarni o‘rganish, ular bilan muhokamalar o‘tkazish hamda iqtisodchi-tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalaridan amaliyotda foydalanishga yo‘naltirilgan “tadqiqot maydoni”ni shakllantirish ko‘zda tutilmoqda.

Tadqiqotlar natijalaridagi bo‘shliqlarni amaliy muhokamalar o‘tkazish orqali to‘ldirish hamda ilmiy tadqiqotlar xulosalari bilan tadbirkorlarning maqbul biznes qarorlar qabul qilish jarayonlariga ko‘maklashish maqsadida tadqiqotlar bo‘yicha muloqot paneli tashkil etiladi.

Oliy ta’lim muassasalari professorlari va tadqiqotchilarining narxlar, bank
va to‘lov tizimlari barqarorligini ta’minlash, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish borasidagi bilim va malakalarini oshirish hamda yangi amaliyotlar va tajribalar bilan tanishtirib borish maqsadida ko‘maklashish dasturi ishlab chiqiladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida regulyator faoliyatiga oid dolzarb masalalar bo‘yicha Markaziy bank tanlovini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.


USD = 12699.14
+84.07
EUR = 14847.83
+93.24
RUB = 162.16
+0.14
GBP = 17124.79
+40.2
JPY = 86.22
+0.41
CHF = 15933.68
+81.62
CNY = 1771.84
+12.29
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X