2025-yil 14-martdagi PQ–103-sonli “Oila va ayollarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosini taʼminlash doirasida, Markaziy bank tomonidan 11 ta tijorat banki ishtirokida “Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida moliyaviy xizmatlar koʻrsatish strategiyasi”ni ishlab chiqish boʻyicha navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi.
2025-yil may oyida mazkur Strategiyani ishlab chiqish boʻyicha “Hamroh” kompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash sohasida faol tijorat banklari (Xalq banki, Mikrokreditbank) bilan ham uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida ayol tadbirkorlar uchun alohida moliyaviy mahsulotlar, oʻquv va mentorlik dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi, shuningdek, mazkur hujjatni ishlab chiqish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi.