Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Islom moliyaviy xizmatlar boʻyicha Kengash (IFSB) rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi

Yangilangan sana: 18 Iyul 2025, 18:41
18 Iyul 2025

2025-yil 16-iyul kuni Kuala-Lumpur shahrida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Islom moliyaviy xizmatlar boʻyicha Kengash (Islamic Financial Services Board) rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar amaldagi hamkorlik holati, istiqboldagi yoʻnalishlar, shuningdek, tashkilotning aʼzo davlatlar bilan hamkorlik mexanizmlari yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat chogʻida, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, islomiy moliya sohasidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha texnik koʻmak masalalari muhokama qilindi. Kengash tomonidan ishlab chiqilayotgan xalqaro standartlarning ahamiyati va ularni milliy amaliyotiga moslashtirish imkoniyatlari alohida taʼkidlab oʻtildi.

Uchrashuv yakunida Kengash rahbariyati Oʻzbekistonda islomiy moliyaviy ekotizimni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi hamda mazkur jarayonga har tomonlama koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi. Xususan, tomonlar Islom moliyaviy xizmatlar boʻyicha Kengash vakillarining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifini tashkil etish, shuningdek, malaka oshirish va ilgʻor xalqaro tajriba almashish boʻyicha yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan kelishuvga erishdi.

 

USD = 12287.31
-22.68
EUR = 14644.02
-22.1
RUB = 158.83
-0.81
GBP = 16828.70
+2.17
JPY = 80.20
+0.93
CHF = 16045.06
-31.72
CNY = 1778.14
-3.08
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X