Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “O‘zingni va pullaringni asra” mavzusida vebinar o‘tkazildi

Yangilangan sana:  9 Apr 2021, 10:07
8 Apr 2021

Joriy yil 7 aprel kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Markaziy bank to‘lov tashkilotlari bilan birgalikda raqamli moliyaviy savodxonlik bo‘yicha “O‘zingni va pullaringni asra” mavzusida vebinar tashkil etdi.

Vebinarda Markaziy bank va Oson, Click, Payme to‘lov tashkilotlarining malakali mutaxassislari tomonidan raqamli moliyaviy savodxonlik, elektron pullar, zamonaviy raqamli moliyaviy texnologiyalar, shuningdek, moliyaviy xavfsizlik asoslari va moliyaviy firibgarlik kabi dolzarb mavzular batafsil yoritildi.

Tadbir davomida spikerlar to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarining funksional imkoniyatlarini ta’kidlab o‘tishdi. Firibgarlikning keng tarqalgan turlariga doir misollarga alohida e’tibor qaratildi. So‘zga chiqqanlar veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda moliyaviy firibgarlarni aniqlab olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib o‘tishdi.

Har bir spiker taqdimotidan so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, raqamli moliyaviy xizmatlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

USD = 12600.14
+10.14
EUR = 13642.17
-23.02
RUB = 135.92
-0.05
GBP = 15908.94
-23.71
JPY = 83.24
+0.01
CHF = 13918.19
-47.42
CNY = 1743.43
-0.72
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X