Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Anorbank” noxolis axborotlarni tarqatmaslik yuzasidan ogohlantirildi

Yangilangan sana:  26 Apr 2021, 22:04
26 Apr 2021

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan “Anorbank” AJning “Shoshilmasdan” nomi bilan e'lon qilingan omonat mahsuloti bo‘yicha bankning rasmiy veb-saytida taqdim etilgan ma'lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri aks ettirish yuzasidan mazkur bank boshqaruviga ko‘rsatma xati yuborildi.

Xususan, bankning rasmiy veb-saytida mazkur omonatga yillik 26 foizgacha ustama to‘lanishi ko‘rsatilgan. Biroq, bankning rasmiy telegram kanali hamda Call-markazi orqali olingan ma'lumotlarga ko‘ra, omonat muddati 370 kun bo‘lib, bunda omonatning butun davrida oraliq davrlar mavjud hamda har bir oraliq davr uchun omonatga ustamalar turli foiz stavkalarida hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, omonatga foizlarning differensiyalashgan ravishda hisoblanishi natijasida mazkur omonat bo‘yicha jami yillik real daromadlilik 26 foizdan pastroqni tashkil qiladi.

Shu munosabat bilan, “Anorbank” AJ boshqaruviga bunday marketing harakatlari iste'molchilar tomonidan tanlangan bank omonati bo‘yicha olinadigan real daromadlar to‘g‘risida ularni chalg‘itishga va eng hamyonbop shartlarga ega bo‘lgan mahsulotni tanlashni qiyinlashtirishga olib kelishi mumkinligi bildirildi, shuningdek, kelgusida bankning moliyaviy mahsulotlari to‘g‘risida chalg‘ituvchi va noxolis axborotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi yuzasidan ogohlantirildi.

USD = 12711.00
+21
EUR = 13538.49
+12.22
RUB = 136.31
+0.36
GBP = 15691.73
-111.13
JPY = 82.13
-0.01
CHF = 13943.62
-26
CNY = 1754.77
+2.3
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X