Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Eski namunadagi pullarni bank kassalarida muomaladagi pullarga almashtirib olish yuzasidan eslatma

Yangilangan sana:  27 Apr 2021, 23:07
27 Apr 2021

2020 yil 1 iyuldan 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar (qog‘oz pullar) qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotganligi, ularning o‘rniga 200 va 500 so‘mlik tangalar doimiy ravishda muomalaga chiqarib borilayotgani ma'lum qilingan edi. Shuningdek, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni bank kassalarida almashtirib olish muddati aholining talab va ehtiyojini o‘rgangan holda uzaytirilgani haqida axborot berilgan edi.

Hozirda ham qo‘lida 500 va 200 so‘mlik banknotlar mavjud bo‘lgan fuqarolar va tadbirkorlarga yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Markaziy bank boshqaruvining 2021 yil 9 yanvardagi yig‘ilishida eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati – 2022 yil 1 yanvar' etib belgilash to‘g‘risida qaroriga binoan:

qo‘lingizda qolib ketgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar va banknotlarni 2022 yilning 1 yanvariga qadar Markaziy bankning joylardagi Hisob-kitob kassa markazlarida muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkin.

USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X