Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro valyuta fondining “Fund Challenge 2021” tanlovida ishtirok eting

Yangilangan sana:  27 Apr 2021, 23:17
27 Apr 2021

Xalqaro valyuta fondi iqtisodiyot yo‘nalishidagi talabalarni “Fund Challenge 2021” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi. Ushbu tanlov asosiy makroiqtisodiy tahlil haqida tushuncha hosil qilish, Fond faoliyati bilan tanishish hamda yoshlar, oliy ta'lim muassasalari va davlat idoralari bilan muloqotni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

  • Ishtirokchilar iqtisodiyot yoki shu sohaga bog‘liq bo‘lgan boshqa yo‘nalishda bakalavr talabasi bo‘lishi zarur.

  • Har bir oliy o‘quv muassasasidan ikkita talabadan iborat guruh tuzilishi kerak. Bitta universitetdan bir nechta jamoalar ishtirok etishi mumkin, ammo final bosqichiga faqat bitta jamoa chiqa oladi.

  • 2021 yil 5 mayga qadar ishtirokchilar Fund Challenge saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ishtirokchining haqiqatdan ham iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi ekanligini tasdiqlovchi OTM o‘qituvchisining ma'lumotlari kiritilishi zarur.

  • Har bir guruh a'zosi 2021 yil 10 maydan 30 iyungacha makroiqtisodiy diagnostika onlayn kursini muvaffaqiyatli yakunlashi kerak. Kurs ishtirokchilar uchun bepul o‘tiladi, ammo talabalar edX platformasidan alohida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Kurs sertifikatiga ega bo‘lishni istagan talabalar edX platformasidan tasdiqlangan sertifikatni olishlari kerak. Kurs bo‘yicha ish hajmi haftasiga taxminan 6-8 soatni tashkil qiladi. Kursga kirish tafsilotlari va texnik talablar bo‘yicha to‘liq ma'lumot 2021 yil 7 mayda e'lon qilinadi.

  • Onlayn kursni muvaffaqiyatli tugatgan jamoalardan amaliy tadqiqot o‘tkazish so‘raladi. Keyin har bir jamoa (a) tadqiqot mavzusi bo‘yicha joriy iqtisodiy vaziyatni tavsiflovchi va (b) aniqlangan muammolarni hal qilish yo‘llarini tavsiya etuvchi taqdimotni topshiradi. Taqdimotlar ingliz yoki fransuz tillarida tayyorlanishi va istalgan formatda taqdim etilishi mumkin (MS PowerPoint formati tavsiya etiladi). Taqdimotlarni topshirish jarayoni va muddati to‘g‘risidagi ma'lumotlar 2021 yil 4 avgustda ma'lum qilinadi.


Final bosqichiga chiqqan jamoalar 2021 yil oktyabr' oyida bo‘lib o‘tadigan XVFning yillik yig‘ilishlarida virtual (masofaviy) tarzda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa butun dunyodagi siyosatchilar, akademiklar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan uchrashish imkoniyatini beradi.

Savolingiz bo‘lsa, IMF-FundChallenge@imf.org elektron manziliga murojaat qiling.

USD = 12689.97
-15.03
EUR = 13557.96
+14.43
RUB = 137.20
+1.09
GBP = 15771.09
+66.44
JPY = 81.90
-0.16
CHF = 13879.44
-53.01
CNY = 1751.28
-1.86
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X