Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Korrupsiyaga qarshi komplaens tizimini bank sohasiga tatbiq etishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida seminar tashkil etildi

Yangilangan sana:  29 Apr 2021, 19:07
29 Apr 2021

Bank-moliya sohasi rivoji uchun komplaens-nazorat olib borilishi qanchalik dolzarb ahamiyatga ega? Ushbu tizimni bank sohasiga tatbiq etilishi orqali korrupsiya holatlarini kamaytirishga erishish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, BMTning taraqqiyot dasturi, KPMG hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ayni shu savollar muhokama markazida bo‘ldi. “Korrupsiyaga qarshi komplaens tizimini bank sohasiga tatbiq etishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusiga bag‘ishlangan seminarda Markaziy bank xodimlari hamda tijorat banklarining rahbar va komplaens-nazorat tizimida faoliyat yurituvchi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda xalqaro tashkilotlar vakillari so‘zga chiqib, komplaens-nazorat tizimini tashkil etishdagi dolzarb masalalar, ushbu tizimni bank sohasiga joriy qilish jarayonida xorijiy tajriba va xalqaro standartlar yo‘nalishlaridagi ma'ruzalarini taqdim qildilar. Seminar ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

photo5213400749390804193.jpg

photo5213400749390804192 (1)

USD = 12671.84
+17.27
EUR = 13468.90
-14.54
RUB = 134.64
-0.62
GBP = 15778.98
-20.25
JPY = 81.98
-0.26
CHF = 13874.78
+14.35
CNY = 1750.45
+2.27
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X