Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankning Аndijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Yangilangan sana:  21 Fev 2022, 15:29
21 Fev 2022
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki buyrug‘iga asosan Oybek Soyibjonovich Isakov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Аndijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Shu kungacha O.Isakov “Аgrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Аndijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

O.Isakov 1986-yil Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 2008-yil Аndijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2018-yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 

2004-yil aksiyadorlik tijorat “Turon” banki Navoiy filiali jamg‘arma amaliyotlari sho‘basida ish boshlagan. Mehnat faoliyatini 2006-yildan “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Аndijon viloyat filialida davom ettirib, turli lavozimlarda ishlagan. 

O.Isakov 2010-2011 yillarda Markaziy bankning Andijon viloyati boshqarmasida mutaxassis, 2013–2019-yillarda “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Аndijon viloyati filiali boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X