Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2022-yilning I yarim yilligi uchun moliyaviy barqarorlik sharhi

Yangilangan sana:  2 Noy 2022, 15:14
26 Okt 2022

Mazkur sharh Markaziy bankning moliyaviy barqarorlik bo‘yicha chop etilayotgan ilk sharhi hisoblanadi.

2022-yilning I yarim yilligi uchun moliyaviy barqarorlik sharhida makromoliyaviy sharoitlar, jumladan, ichki va tashqi sharoitlar, bank tizimining moliyaviy barqarorlik tahlili, makroprudensial siyosat vositalari, dastlabki makro stress-test natijalari aks ettirilgan.

Shuningdek, ushbu sharhda O‘zbekistonda moliyaviy barqarorlik uchun asosiy ichki va tashqi xatarlar baholangan. Tashqi geosiyosiy vaziyatning yomonlashishi hisobiga yuzaga kelgan shoklar, jahonda inflyatsion jarayonlarning kuchayishi, ichki qarz yuki hamda muammoli kreditlar hajmining yuqori bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi paytda O‘zbekiston bank tizimida moliyaviy barqarorlik saqlanib turibdi.

2022-yilning I yarim yilligida bank tizimining moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan minimal talablaridan yuqori shakllangan.

So‘nggi 3-4 yillarda O‘zbekistonda jami kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbati sezilarli darajada oshgan.

Pandemiya sababli banklar muammoli kreditlarining (NPL) jami kreditlardagi ulushi 2020–2021-yillarda o‘zining yuqori cho‘qqisiga ya’ni 5-6 foizgacha ko‘tarilgan. Biroq, iqtisodiy faollikning oshishi hamda biznes subyektlar va aholining to‘lovga qobiliyatliligining yaxshilanishi hisobiga muammoli kreditlarining jami kreditlardagi ulushi pasayib, 2022-yil
1-oktabr holatiga 4,7 foizni tashkil etdi. Tarmoqlar qirqimida muammoli kreditlar sanoat va qishloq xo‘jaligida sezilarli oshgan.

2018–2021-yillarda jami ipoteka kreditlarining 60–70 foizini kredit to‘lovining daromadga nisbati (PTI) 51 foizdan yuqori bo‘lgan ipoteka kreditlari tashkil etgan.

Makro stress-test natijalari asosiy va mo‘tadil ssenariylarda banklarning kapital yetarlilik darajasi qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda minimal regulyativ kapital me’yoridan yuqori bo‘lishini hamda turli xil shoklarga yaxshi bardosh bera olishini ko‘rsatgan. Xatarli ssenariyda, ya’ni iqtisodiyotning keskin yomonlashuvi va valyuta kursining sezilarli darajada qadrsizlanishi holatida esa, bank tizimi regulyativ kapitalning o‘rnatilgan minimal me’yordan tushib ketish ehtimollari mavjudligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu sharhda O‘zbekistonda makroprudensial siyosat asoslarini rivojlantirish yuzasidan bank tizimining konsentratsiyalashuv darajasi, tizimli ahamiyatga molik banklar uchun qo‘shimcha bufer qo‘llash zarurati hamda uning eng maqbul darajasini aniqlash bo‘yicha tahlillar ham qamrab olingan.


Sharh


USD = 12697.00
+2.04
EUR = 13547.70
+38.99
RUB = 135.05
+0.39
GBP = 15836.97
+11.43
JPY = 82.23
+0.12
CHF = 13966.56
+37.48
CNY = 1753.95
-0.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X