Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Yashil energetika” masalalari muhokamasiga bagʼishlangan uchrashuv

Yangilangan sana:  23 Fev 2023, 18:16
23 Fev 2023
Markaziy bankda Jahon banki delegatsiyasi hamda bank rahbariyati oʼrtasida qayta tiklanadigan energiya manbalarini, shu jumladan, quyosh energiyasini muqobil energiya manbai sifatida keng miqyosda rivojlantirish masalalari muhokamasiga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda tomonlar Oʼzbekistonning sanoat obʼektlari va turar-joy majmualarida taqsimlangan quyosh energiyasini koʼpaytirish maqsadida moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish boʼyicha Jahon bankining tajribasi va loyihani qoʼllab-quvvatlash masalalarini koʼrib chiqdilar. Taʼkidlanganidek, 2023 yilda mamlakatimizdagi uy-joylar, ijtimoiy obʼektlar va yirik sanoat korxonalariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (quyosh panellarini) oʼrnatish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tomonlar Jahon banki koʼmagida boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan va bugungi kunda elektr energiyasini tejash borasida salmoqli natijalarga erishayotgan “yashil energiya”ni joriy etish boʼyicha samarali loyihalarni muhokama qildilar.

USD = 12600.14
+10.14
EUR = 13642.17
-23.02
RUB = 135.92
-0.05
GBP = 15908.94
-23.71
JPY = 83.24
+0.01
CHF = 13918.19
-47.42
CNY = 1743.43
-0.72
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X