Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Moliyaviy ommaboplik – dolzarb mavzu

Yangilangan sana:  23 Mar 2020, 10:32
25 Fev 2020

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki raisi M.Nurmuratovning 
Moliyaviy ommaboplik alyansi saytida
e’lon qilingan maqolasi


Moliyaviy ommaboplik masalasi tom ma’noda 2017 yil oxirida milliy iqtisodiyotni isloh qilish va uning ochiqligini ta’minlash doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yunalishlarini qayta ko‘rib chiqish davrida kun tartibidan o‘rin olgandi. Shu vaqtgacha barcha sa’y-harakatlar asosan kichik biznes va tadbirkorlik masalalariga qaratilgandi. Shu bilan birga, aholini moliyaviy xizmatlar bilan kengroq qamrab olish, iste’molchilar huquqini himoya qilish va moliyaviy savodxonlikni oshirish kabi masalalarga yetarli darajada e’tibor berilmagan.

Moliyaviy ommaboplikning har bir yo‘nalishi muhimligi hamda uning iqtisodiyot, shu jumladan, moliya sohasi rivojiga ta’sirini anglagan holda, Markaziy bank 2017 yilda ushbu jihatlarni o‘z faoliyatidagi muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab oldi. 2019 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida bu yo‘nalishdagi barcha masalalar Markaziy bankning funksiyalari haqidagi moddada o‘z aksini topdi. Xususan, unda “kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” nazarda tutilgan.

O‘zbekistonda moliya xizmatlarini asosan banklar ko‘rsatadi va ko‘p hollarda moliya sohasi deganda ham banklar tushuniladi. Shu bois moliya xizmatlarining ommabopligi to‘g‘risida so‘z yuritganda, men ushbu sohadagi faoliyatni nazarda tutaman[1].

Mamlakatimizdagi 33 mln.dan ziyod aholi uchun bank xizmatlari ommabopligini ta’minlash maqsadida biz masalaga samaradorlik nuqtai nazaridan yondashdik. Xususan, banklarning foyda keltirmaydigan yirik filiallaridan voz kechib, chekka hududlarni ham qamrab olish maqsadida ular o‘rnida boshqaruv xodimlarining soni va operatsion xarajatlari ancha cheklangan kichik bank xizmatlari markazlarini tashkil etdik.

Faoliyati tugatilgan 60ta filial o‘rnida 457 ta bank xizmatlari markazlari tashkil etildi. 2020 yilda yana 200 ta shunday ofislarni ochish rejalashtirilgan.

Joriy yil boshidan mamlakatda 30 ta tijorat banki, ularning 850 ta filiallari, 595 ta mini-banklari, 457 ta bank xizmatlari markazlari, 902 ta o‘zigao‘zi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tunukun ishlash tartibida faoliyat yuritmoqda.

Ko‘plab mamlakatlar singari, biz ham raqamli kanallarni bank xizmatlari ommabopligini kengaytirishning samarali yo‘li sifatida qaraymiz. Ayniqsa, kichik shaharlar va qishloqlarda masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish orqali aholini bank xizmatlari bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish masalalariga o‘tishdan avval, 2020 yilning fevral oyidan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risidagi”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirganini ta’kidlash joiz. Ushbu hujjat to‘lov tizimlarini kuzatib borish va monitoringini amalga oshirish, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash tartibini, to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligi va ularning muhofazasini ta’minlashga qo‘yiladigan talablarni, elektron pul bozorini tartibga solish va elektron pul egalarini identifikatsiyalash tartibini belgilaydi.

Qonunning qabul qilinishi to‘lovlarni uzluksiz amalga oshirish, innnovatsion texnologiyalarni keng joriy etish hamda to‘lov tizimining ishonchli va xavfsiz ishlashinita’minlash imkonini beradi.

To‘lov ekotizimini rivojlantirish maqsadida Markaziy bank huzurida Banklararo milliy protsessing markazi tashkil etildi. Amaldagi “Uzcard” tizimiga muqobil sifatida “HUMO” to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yildi. Qisqa muddat ichida mamlakatning barcha hududlarida 180 mingdan ziyod to‘lov terminallari va 2 mingdan ko‘proq “HUMO” tizimining bankomatlari o‘rnatildi. Shu bois ichki bozorda raqobat rivojlanmoqda va iste’molchida tanlash imkoniyati mavjud.

Umuman olganda, respublikada 392 mingdan ziyod terminal va 4 mingta bankomatlar o‘rnatilgan, muomalada bo‘lgan kartalar soni 20,5 mln.tani tashkil etadi.

“HUMO” to‘lov tizimining operatori bo‘lmish “Banklararo milliy protsessing markazi” “Visa” va “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, O‘zbekiston hududida xalqaro kartalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini yaratdi. Toshkent metropolitenida yangi loyihaning amalga oshirilishi muvaffaqiyatli yakunlandi. Metroning barcha stansiyalari yo‘l haqi to‘lovini kontaksiz qabul qiluvchi uskunalar (validatorlar) bilan jihozlangan.

2020 yilda “HUMO International”, ya’ni xorijda hisob-kitobni amalga oshirishga mo‘ljallangan kartani muomalaga chiqarish hamda “HUMO”ning barcha infratuzilmalarida mobil telefonlari yordamida kontaksiz to‘lash imkonini beruvchi “HUMO Pay” to‘lov xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Masofadan turib xizmat ko‘rsatish mavzusiga qaytib shuni ochiq aytishimiz kerakki, masofaviy bank xizmatlarining mobil tizimi bank mijozlari orasida keng tarqalgan. Bugungi kunda 9,5 mln.ga yaqin jismoniy shaxslar ushbu xizmatdan foydalanishadi.

Ayni paytda Markaziy bank tomonidan Kliring hisob-kitoblar asnosida QR-kodlar tizimi ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov jarayonida bir nechta tijorat banklari ishtirok etib, ularning mobil ilovalaridan foydalanilmoqda.

Jismoniy shaxslarni masofadan turib biometrik identifikatsiyalashni yo‘lga qo‘yish borasida ishlar olib borilmoqda. Bunday mexanizm mijozning yoki bank filialining qayerda ekanligidan qat’i nazar tunu kun bank xizmatlaridan foydalanishning ancha qulay imkoniyatini vujudga keltiradi.

Bundan tashqari, xalqaro tajribadan kelib chiqib, Markaziy bankning tezkor to‘lovlar tizimini joriy etishning mahalliy modeli ishlab chiqildi.

Bu tizimni joriy etishdan maqsad – jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan banklararo to‘lovlarni tunukun real vaqt rejimida amalga oshiradigan innovatsion to‘lov xizmatini yaratishdir.

Moliya bozorining infratuzilmasiga to‘xtalganda, bankning risk-menejmenti (risklarni boshqarish) sifati masalasini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Kredit tashkilotlarida potensial qarz oluvchilar to‘g‘risidagi axborotning yetishmasligiga barham berish, shuningdek, kredit bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Kredit byurosi va kredit axboroti almashinuvi tizimi modernizatsiya qilindi.Moliya muassasalaridan, kommunal xizmatlar hamda tovarlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotuvchi bir qator savdo korxonalaridan iborat 150 dan ortiq tashkilotlarning ma’lumotini qamrab olib, tahlil etuvchi kredit skoringi yo‘lga qo‘yildi.

Yaratilgan shart-sharoitlar va moliya bozori mahsulotlaridan samarali foydalanish aholining moliyaviy savodxonligi darajasi va iste’molchilar huquqlarining qanchalik himoya qilingani bilan bevosita bog‘liq. Ushbu omillar moliya muassasalari va mijozlarning istiqboldagi o‘zaro hamkorligiga asos bo‘ladi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ham katta ishlar amalga oshirildi, birinchi navbatda, biz O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini yangi tahrirda qabul qildik. Hujjatda moliya xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasiga bag‘ishlangan alohida bob kiritildi.

Endilikda qonunning bank talablariga muvofiq, xizmatlarni taqdim etish shartlari, jumladan, komission haqlar, tariflar va foiz stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankning rasmiy veb-saytida majburiy tartibda joylashtiriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, banklarda koll-markazlarning bo‘lishi, veb-saytlarda iste’molchilardan shikoyatlar qabul qilish vositalari bo‘lishi to‘g‘risidagi talablar belgilangan.

Kreditlarning shartlarini taqqoslash uchun shart-sharoit yaratish hamda iste’molchi uchun ma’qul kreditni tanlash maqsadida kreditlarning asosiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot varaqalari joriy etildi.

Shu bilan birga, iste’mol krediti va mikroqarzning to‘liq qiymatini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqildi va yo‘lga qo‘yildi. Ular majburiy tartibda iste’molchilarga yetkazilishi va kreditkelishuvlarida aks ettirilishi lozim.

Iste’molchilarga ortiqcha qarz yukini yuklamaslik maqsadida kredit tashkilotlariga mikroqarz kelishuvlari, shuningdek, lombardlar tomonidan yiliga qarz hajmining yarmidan ko‘proq summasida kelishilgan kredit kelishuvlari bo‘yicha foizlarni hisoblash, komissiya olish va neustoyka (shtraf, penya) qonunchilik asosida taqiqlangan.

Shuningdek, banklar tomonidan kredit arizalarini ko‘rib chiqish uchun olinadigan turli komission to‘lovlar, ssuda hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish hamda jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kreditlarni (mikroqarzlarni) muddatidan oldin to‘laganlik uchun neustoyka olish ta’qiqlandi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi barcha ko‘riladigan choralar aholining xabardorlik darajasini oshirish maqsadida ta’lim tadbirlari bilan birga olib boriladi. Bundan tashqari, biz kichik yoshdan boshlab, keksa yoshgacha uzluksiz ta’lim bilan ta’minlovchi hamda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish imkonini beruvchi tizimni yo‘lga qo‘yish uchun asos yaratmoqchimiz.

Shunday qilib, qisqa vaqt mobaynida moliyaviy ommaboplik sohasida anchakatta ishlar amalga oshirildi, ammo istiqbolda yana qilinadigan ishlar ko‘p. Shu bois yaqin kelajakda bizning ustuvor yo‘nalishlarimizni belgilab beruvchi Strategiya ishlab chiqilmoqda.

Moliyaviy ommaboplik alyansiga a’zo bo‘lishimiz bizga xalqaro tajribani o‘rganish va eng maqbulamaliyotni qo‘llashga imkon beradi. Shu bilan birga, alyansning ilmiy va amaliy salohiyati ushbu sohada ilk qadam tashlayotgan mamlakatlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


[1] O‘zbekistonda Markaziy bank megaregulyator hisoblanmaydi

USD = 10209.86
+2.17
EUR = 12021.09
+125.05
RUB = 137.46
-4.91
GBP = 13362.66
+308.05
JPY = 96.43
+0.24
CHF = 11186.44
+98.36
CNY = 1463.91
+8.58
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X