Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror

Yangilangan sana: 23 Okt 2025, 12:55
22 Okt 2025

Markaziy bankning “Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risida”gi nizomiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, Adliya vazirligida 2025-yil 17-oktabrda 3412-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Xususan, faktoring tashkiloti instituti nobank kredit tashkiloti sifatida tashkil etilganligi munosabati bilan mazkur turdagi tashkilot aktivlari sifatini tasniflash, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni yaratish, prudensial normativlar, ular tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibi belgilandi.

Shuningdek, mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar (islomiy ijara, muzoraba, murobaha, mushoraka, salam) aktivlar sifatida aks ettirilib, mazkur aktivlar sifatini tasniflash, ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar yaratish yuzasidan talablar hamda ular bo‘yicha Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo‘lgan hisobot shakllari belgilandi.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq faqatgina mikromoliya tashkilotlari islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatishga haqlidir.

Shu bilan birga, mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan moliyaviy va nazoratga oid hisobotlar qatoriga prudensial normativlar bo‘yicha qo‘shimcha hisobotlar kiritildi.

Bundan tashqari, mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarda xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni tuzatgan holda qayta taqdim etish muddati ikki ish kunidan besh kunga uzaytirildi.

Mazkur hujjat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: 

USD = 11972.35
-17.65
EUR = 13852.01
-14.43
RUB = 147.52
-0.03
GBP = 15702.93
-39.94
JPY = 77.32
-0.37
CHF = 14978.54
+52.61
CNY = 1682.12
-1.82
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X