Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ko‘p beriladigan savollar




другие вопросы 26

  • Fuqarolarning daromadlari plastik kartochkalarga o‘tkazilishi majburiymi? Ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarning necha foizi o‘tkazilishi mumkin?
    Fuqarolarning daromadlari plastik kartochkalarga o‘tkazilishi majburiymi? Ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarning necha foizi o‘tkazilishi mumkin?

    Aholi daromadlari (ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar) plastik kartochkalarga fuqarolarning yozma arizasi (roziligi) asosida o‘tkaziladi.

    Bunda xizmat ko‘rsatuvchi bank xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va unga ilova qilingan reestr hamda uning elektron ko‘rinishi (familiya va summalar bo‘yicha) asosida mablag‘larni plastik kartochkalarga kirim qiladi.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston Rspublikasi Mehnat kodeksining
    153-moddasiga asosan mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
  • Plastik kartalardagi mablag‘larni naqd pul qilib olish mumkinmi? Olish mumkin bo‘lsa, naqd pul yechishga chegara (limit) o‘rnatilganmi?
    Plastik kartalardagi mablag‘larni naqd pul qilib olish mumkinmi? Olish mumkin bo‘lsa, naqd pul yechishga chegara (limit) o‘rnatilganmi?

    Banklar tomonidan aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga naqd pullar ularning depozit hisobvaraqlaridagi, shu jumladan plastik kartochkalardagi mavjud mablag‘lari doirasida ularning talabiga ko‘ra beriladi.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasiga asosan banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar.
  • Bank kassasidan olingan naqd pullar orasidan eskirgan toifadagi banknotalar va kamomad chiqqan holatlarda nima qilish lozim?
    Bank kassasidan olingan naqd pullar orasidan eskirgan toifadagi banknotalar va kamomad chiqqan holatlarda nima qilish lozim?

    Bank kassasidan chiqim kassa hujjatlariga asosan berilgan pullar kassa oldidan uzoqlashmagan holda barchasi birma bir qayta sanalishi lozim.

    Agar pullar kassa oldidan uzoqlashmagan holda qayta sanalmagan bo‘lsa bank kassasidan berilgan to‘liq pul bog‘lamlari orasidan kamomad chiqish e’tirozlari   qoniqtirilmaydi. 

    Bank kassasidan berilgan pullar orasidan eskirgan toifadagi banknotalar chiqqan taqdirda bank kassasiga qaytariladi va yaroqli banknotaga almashtirilib beriladi.
  • Men hozirda ikkinchi kurs talabasiman va to‘lov kontrakt asosida o‘qiyman. Sizdan menga kontrakt to‘lashda moddiy yordam berishingizni so‘rayman.
    Men hozirda ikkinchi kurs talabasiman va to‘lov kontrakt asosida o‘qiyman. Sizdan menga kontrakt to‘lashda moddiy yordam berishingizni so‘rayman.

    “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga ko‘ra Markaziy bank moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga haqli emas.
  • Elektron to‘lovlarni amalga oshirishning qonunchilikda belgilangan muddatlari.
    Elektron to‘lovlarni amalga oshirishning qonunchilikda belgilangan muddatlari.

    Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag‘larni mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi yoki mablag‘larni uning hisobvarag‘idan hisobdan chiqarishi shart.

    Banklar mijozning topshirig‘iga binoan elektron to‘lovni tegishli to‘lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo‘lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to‘lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to‘lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

    “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun)
  • Bank va mijoz o‘rtasidagi hisob-kitoblarga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqish tartibi.
    Bank va mijoz o‘rtasidagi hisob-kitoblarga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqish tartibi

    Mijoz amalga oshirilgan hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha yuzaga kelgan barcha masalalar bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o‘rtasidagi nizolar ular o‘rtasida tuzilgan bank hisobvarag‘i shartnomasiga muvofiq hal etiladi. O‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda sud orqali hal etiladi.

    “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun)
  • Mijozning pul mablag‘larini tasarruf etishi.
    Mijozning pul mablag‘larini tasarruf etishi.

    Mijoz bankdagi hisobvaraqda turgan o‘z pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etadi.

    Bank mijozning pul mablag‘laridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va nazorat qilishga hamda uning pul mablag‘larini o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish huquqlariga qonunda yoki bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas.

    O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi

  • Hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘chirish asoslari
    Hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘chirish asoslari

    Bank hisobvaraqdan pul mablag‘larini mijozning topshirig‘i asosida o‘chiradi.

    Mijozning topshirig‘isiz hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini o‘chirishga sudning qarori bilan, shuningdek ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda belgilab qo‘yilgan yoxud bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

    O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi
  • Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi.
    Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi.

    Bank va uning mijozi o‘rtasidagi munosabatlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, pul mablag‘larini boshqarishning tezkorligini hamda bank operatsiyalarining sifatli qayd qilinishini ta’minlaydi. Mijozlarga bankka tashrif buyurmagan holda operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

    Tizimdan foydalanish va tizim xizmatlari uchun haq miqdori bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

    “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 2155, 2010 yil 19 noyabr)
  • Qanday hollarda plastik kartochkadan to‘lovlar amalga oshirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi kerak?


    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 30 aprelda 1344-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan «Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 2-bandiga asosan bank plastik karta egasi bo‘lmagan shaxs, karta egasining ruxsatisiz undan foydalanishi mumkin emasligi qayd etilgan.
    Mazkur Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq (ro‘yxat raqami 1344-2, 2011y. 13 iyul), tovarlar (ish va xizmat) uchun plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni qabul qilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan plastik kartochka egasidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi.
    Mazkur nizomning 24-bandiga asosan bank kartalarini foydalanishga taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomada, karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini, imzo, kod, parol va boshqa vositalardan foydalangan holda tassarruf etish huquqi, aynan vakolatli shaxs tomonidan berilganligiga ishonch hosil qilish tartibi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 21 noyabrda 2528-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan «Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat» Qoidalarining 22-bandiga asosan tijorat banklari jismoniy shaxslar tomonidan tijorat bankida joylashgan terminallar orqali plastik kartalardan foydalanilgan holda operatsiyalar (naqd mablag‘lar yechish, tovar va xizmatlarga to‘lovlar) amalga oshirilganda (kommunal va aloqa xizmati, byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bundan mustasno) mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni ko‘rishlari belgilangan.
  • Jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari va pul o'tkazmalari to'g'risidagi ma'lumotlarni berish yuzasidan tushuntirish bersangiz.
    Jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari va pul o'tkazmalari to'g'risidagi ma'lumotlarni berish yuzasidan tushuntirish bersangiz.

    O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq Markaziy bank qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari, shuningdek Markaziy bankka qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy hisobvaraqlariga xizmat ko'rsatish bo'yicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.

    Mazkur Qonunga asosan Markaziy bank jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko'rsatmaydi va individual jismoniy shaxslarning banklardagi hisobvaraqlari va pul o'tkazmalari to'g'risidagi ma'lumotlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankka taqdim etilmaydi.

    “Bank siri to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni 3-moddasiga asosan bank mijozlarining operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma'lumotlar bank siri hisoblanadi.

    Shuningdek, mazkur Qonunning 8-moddasiga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar mijozning o'ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi.
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining banknot va tangalari qaerda ishlab chiqariladi?
    O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining banknot va tangalari qaerda ishlab chiqariladi?

    Banknot va tangalar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. o'zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Shuningdek, mazkur kodeksning 384-moddasiga muvofiq shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo'lsa, uni o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi kelishuv ham shunday shaklda tuzilishi belgilangan.
  • Pullar qanday hollarda to'lovga yaroqsiz hisoblanishi to'g'risida batafsil ma'lumot bersangiz?
    Pullar qanday hollarda to'lovga yaroqsiz hisoblanishi to'g'risida batafsil ma'lumot bersangiz?

    Markaziy bankning Adliya vazirligida 2008 yil 27 iyunda 1831-son bilan ro'yxatga olingan “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo'riqnoma”da «so'm»ning to'lovga yaroqlilik belgilarni aniqlash qoidalari belgilangan.

    Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar quyidagi banknotlarni moneliksiz to'lovga qabul qilishlari va tushum puli sifatida banklarga topshirishlari lozim:

    a) har qanday qismida teshik yoki yirtilishlar, siyqalanishlar, dog'lar, qalam, siyoh va flomaster bilan yozilgan yozuvlari mavjud bo'lgan pullar; b) yirtilgan va elimlangan pullar, agar pulning ikkala qismi shak-shubhasiz bitta banknotga tegishli bo'lsa; v) bo'yoq moddalari va kislota to'kilgan, tabiiy rangi o'zgargan, kuygan, bo'yalgan yoki chizilgan pullar; g) shikastlanish turi va joylashishidan qat'i nazar, banknot to'liq hajmining 55 foizidan kam bo'lmagan qismi saqlanib qolingan pullar.

    Shikastlanish turidan qatьi nazar (shakli buzilgan, pachoqlangan, siyqalangan, teshilgan, qirqilgan, sindirilgan, ishqorga solingan, biror bir metall bilan payvandlangan, olovda eritilgan, ko'karib va qorayib ketgan) o'zining to'la hajmini va old tarafidagi qiymati tasvirini saqlab qolgan hamda haqiqiyligiga shubha tug'dirmaydigan metall tangalar to'lovga yaroqli hisoblanadi.

    Shikastlangan pullar “eskirgan” pullar toifasiga kiritilib banklar tomonidan ular shu qiymatdagi to'lovga yaroqli pullarga almashtirib beriladi.
  • Bank tomonidan mijoz hisobvarag'idan pul mablag'larini o'chirish asoslari qanday?
    Bank tomonidan mijoz hisobvarag'idan pul mablag'larini o'chirish asoslari qanday?

    O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi 783-moddasiga asosan, bank hisobvaraqdan pul mablag'larini mijozning topshirig'i asosida o'chiradi. Mijozning topshirig'isiz hisobvaraqda turgan pul mablag'larini o'chirishga sudning qarori bilan, shuningdek ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda belgilab qo'yilgan yoxud bank bilan mijoz o'rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda yo'l qo'yiladi.
  • Hisob-kitob operatsiyalari bo'yicha yuzaga keladigan masalalar qanday tartibga solinadi?
    Hisob-kitob operatsiyalari bo'yicha yuzaga keladigan masalalar qanday tartibga solinadi?

    “O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida”gi Nizom (ro'yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyunь)ga muvofiq, mijoz amalga oshirilgan hisob-kitob operatsiyalari bo'yicha yuzaga kelgan barcha masalalar bo'yicha unga xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o'rtasidagi nizolar ular o'rtasida tuzilgan bank hisobvarag'i shartnomasiga muvofiq hal etiladi. O'zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda sud orqali hal etiladi.
  • Milliy valyutamiz “so‘m” muomalaga kiritilgunga qadar respublikamizda qaysi pul birliklari to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan.
    Milliy valyutamiz “so‘m” muomalaga kiritilgunga qadar respublikamizda qaysi pul birliklari to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan.

    O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi sifatida 1993 yil 15 noyabrga qadar faqat SSSR davlat bankining 1961-1992 yillargi hamda Rossiya bankining 1993 yildagi banknotalari muomalada bo‘lgan.

    1993 yilning 15 noyabridan 1994 yilning 1 iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida oraliq “so‘m-kupon” milliy pul birligi vazifasini bajargan.

    Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 dekabrdagi “Naqd pul muomalasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 613-sonli qaroriga muvofiq 1994 yil 1 yanvardan boshlab sobiq SSSR Davlat bankining 1961-1992 yillar namunasidagi barcha qiymatdagi pullari muomalada bo‘lishi butunlay taqiqlandi va ushbu sanadan boshlab “so‘m-kupon” O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona qonuniy to‘lov vositasi qilib belgilandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi PF-870-sonli Farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining hududida 1000 “so‘m-kupon”ga bir “so‘m” nisbati bilan milliy valyutamiz “so‘m” muomalaga kiritilgan.
  • Majburiy rezervlar nima va ularning qo‘llanish tartibi qanday?
    Majburiy rezervlar nima va ularning qo‘llanish tartibi qanday?

    Majburiy rezervlar bu banklar tomonidan Markaziy bankdagi hisobvaraqqa majburiy tartibda milliy va xorijiy valyutada depozitga o‘tkazilgan pul mablag‘laridir.

    Ya’ni, majburiy rezervlar tijorat banklari tomonidan jalb qilingan milliy va xorijiy valyutadagi depozit mablag‘lar hisobidan o‘rnatilgan me’yorlardan kelib chiqib, Markaziy bankdagi maxsus hisobvaraqqa o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini anglatadi.

    Majburiy rezerv talablari monetar siyosat instrumentlari turkumiga kiradi va ushbu instrument tijorat banklarining kredit resurslari xajmiga ta’sir ko‘rsatish orqali pul massasining o‘sish sur’atlarini tartibga solish maqsadida qo‘llaniladi.

    Hozirgi kunda, yuridik shaxslarning banklardagi milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan majburiy rezerv normalari qo‘llanilib, talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun 15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun 12 foiz, 3 yildan ortiq muddatli depozitlar 10,5 foiz miqdorida o‘rnatilgan.

    Bunda, tijorat banklari tomonidan aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga yanada kengroq jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar tarkibiga kiritilmaydi.

    Majburiy rezerv talablarining qo‘llanish jarayoni “Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 2004, 2009 yil 9 sentabr) bilan tartibga solinadi.
  • Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi nima va u qanday holatlarda qo‘llaniladi?
    Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi nima va u qanday holatlarda qo‘llaniladi?

    Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish darajasining o‘zgarishi hamda pul bozoridagi holatdan kelib chiqqan holda belgilanadi hamda u iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Qayta moliyalash stavkasi monetar siyosat instrumentlaridan biri bo‘lib, u Markaziy bankning tijorat banklari bilan operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘llaniladi.
  • Mijozlar tomonidan bankka hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, qaysi muddatda hisobvaraq ochib berilishi kerak?
    Mijozlar tomonidan bankka hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, qaysi muddatda hisobvaraq ochib berilishi kerak?

    O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel) 8-bandiga muvofiq, mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka mazkur Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilingan kundan so‘ng, banklar ikki ish kuni mobaynida, agar qonun hujjatlarida boshqacha hollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularga hisobvaraqlar ochishlari shart.
  • Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashda bank xizmatlari haqi undiriladimi?
    Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashda bank xizmatlari haqi undiriladimi?

    “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel) 7-bandiga muvofiq kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ularning hisobvaraqlaridan soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashda banklar xizmatlari uchun to‘lovlar undirilmaydi
  • Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka ko‘chirish tartibi qanday?
    Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka ko‘chirish tartibi qanday?

    Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka ko‘chirish “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel) 43-45-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. Unga ko‘ra:

    Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish uchun mijoz tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka ariza taqdim etiladi va chek daftarchalari qaytariladi. Shundan so‘ng bank mijozning hisobvarag‘idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlaydi.

    Mijoz asosiy hisobvarag‘i yopilayotgan bankdan olingan tasdiqnomani ariza bilan birga asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka taqdim etadi. Ushbu arizaga asosan, asosiy hisobvaraq ochayotgan bank mijozga vaqtinchalik 29801 – “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘ini ochadi va bu to‘g‘risida mijoz hamda hisobvaraqni yopayotgan bankka yozma ravishda xabar beradi.

    Mijoz vaqtinchalik hisobvaraq ochilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng asosiy hisobvaraqni yopayotgan bankka asosiy hisobvaraqdagi mavjud mablag‘lar qoldig‘ini asosiy hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasini taqdim etadi. Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank mijoz yuridik yig‘majildidagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi (agar, mavjud bo‘lsa) to‘lov hujjatlari ro‘yxatini kiritib, ushbu hujjatlar asosiy hisobvaraq ochayotgan bankka topshirilganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qo‘yiladi.

    Dalolatnomaning har ikki nusxasiga mijozning yuridik yig‘majildidagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi to‘lov hujjatlarining asl nusxalari ilova qilinib, pochta, feld’eger aloqasi yoki kurer orqali asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankka yetkazib beriladi.

    Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu dalolatnomaga ilova qilingan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin mazkur dalolatnomaga ilova qilingan yuridik yig‘majilddagi hujjatlar va 2-sonli kartotekadagi to‘lov hujjatlarining asl nusxalarini olganligini tasdiqlab, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qo‘yiladi. Dalolatnomaning bir nusxasi pochta, feld’eger aloqasi yoki kurer orqali asosiy hisobvaraq yopilayotgan bankka yetkazib beriladi.

    Ushbu hujjatlarni hisobvaraq egasi yoki uchinchi shaxslar orqali berib yuborish qat’iyan taqiqlanadi.

    Dalolatnomaning asosiy hisobvaraq ochayotgan bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan va muhr qo‘yilgan nusxasi olingandan keyin mijoz tomonidan yopilayotgan asosiy hisobvaraqdagi mablag‘larni ushbu hisobvaraq ochilayotgan bankda ochilgan vaqtinchalik hisobvaraqqa o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasi ijro qilinadi.

    Asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank ushbu hisobvaraqni yopayotgan bankdan hujjatlar va mablag‘larni olgandan keyin mijozga yangi asosiy hisobvaraqni ochadi, unga vaqtinchalik hisobvarag‘idagi qoldiqni o‘tkazadi va mazkur vaqtinchalik hisobvaraqni yopadi.
  • Hisobvaraq ochilganidan so‘ng, qaysi muddatda undan to‘lovlarni o‘tkazish mumkin?
    Hisobvaraq ochilganidan so‘ng, qaysi muddatda undan to‘lovlarni o‘tkazish mumkin?

    “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1863, 2008 yil 27 sentabr)ning 7-bandiga muvofiq mijozga ochilgan, boshqa bankdan o‘tkazilgan yoki qayta harakatga keltirilgan bank hisobvaraqlari bo‘yicha barcha hisob-kitoblar shu kunning o‘zidayoq amalga oshiriladi.

  • Bank hisobvarag‘idan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish hamda kiritish muddatlari qanday?
    Bank hisobvarag‘idan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish hamda kiritish muddatlari qanday?

    “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) 5-bandiga asosan bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag‘larni mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi yoki mablag‘larni uning hisobvarag‘idan hisobdan chiqarishi shart.

    Banklar mijozning topshirig‘iga binoan elektron to‘lovni tegishli to‘lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo‘lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to‘lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to‘lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

    “O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 1602, 2006 yil 24 iyul):

    6-bandiga asosan inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig‘ib kelingan pul mablag‘lari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul qilinadi. Ushbu pul mablag‘lari solingan inkassatorlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiriladi.

    7-bandiga asosan qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari belgilangan tartibda sanab bo‘lingandan keyin, naqd pul mablag‘lari bank aylanma kassasiga kirim qilinadi.

    14-bandiga asosan boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida, elektron to‘lov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.
  • Markaziy bank sudning kredit bo‘yicha undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi qarorini bekor qila oladimi?
    Markaziy bank sudning kredit bo‘yicha undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi qarorini bekor qila oladimi?

    Ma’lumki, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 36-moddasiga muvofiq, xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik sudi tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki taraflarning kelishuviga binoan - hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi qayd etilgan. Shunga ko‘ra, undiruvni garovga qaratish bo‘yicha sud qarorini bekor qilish faqatgina bevosita tegishli sud organlari tomonidan amalga oshiriladi.
  • Bank ta’lim krediti shartnomasida belgilangan foiz stavkani bir tomonlama o‘zgartira oladimi?
    Bank ta’lim krediti shartnomasida belgilangan foiz stavkani bir tomonlama o‘zgartira oladimi?

    Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-qaroriga ko‘ra tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi Nizomning 5-bandiga ko‘ra, ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo‘shiladigan foizlar uchun to‘lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerakligi belgilangan. Shunga ko‘ra, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarsa, bank bir tomonlama ta’lim krediti shartnomasida belgilangan foiz stavkasini o‘zgartirish huquqiga ega.
  • Bank va mening korxonam o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi shartlarini o‘zgartirishda amaliy yordam bera olasizmi?
    Bank va mening korxonam o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi shartlarini o‘zgartirishda amaliy yordam bera olasizmi?

    O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar. Shuningdek, mazkur Qonunning 31-moddasiga ko‘ra, banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
    354-moddasida shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanishini inobatga olgan holda, kredit shartnoma shartlari faqatgina har ikki tomonning roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin va Markaziy bank vakolatiga kirmaydi.
USD = 10231.71
+21.85
EUR = 12059.09
+38
RUB = 138.65
+1.19
GBP = 13353.40
-9.26
JPY = 96.61
+0.18
CHF = 11215.29
+28.85
CNY = 1468.60
+4.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X