Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ko‘p beriladigan savollar




omonat 2

  • Yaqin qarindoshning (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, bobo, buvi va boshqalar) tijorat banklaridagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumotlari qanday tartibda taqdim etiladi?
    Yaqin qarindoshning (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, bobo, buvi va boshqalar) tijorat banklaridagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumotlari qanday tartibda taqdim etiladi?

    “Bank siri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga asosan bank mijozlarining operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar bank siri hisoblanadi.

    Shuningdek, mazkur Qonunning 8-moddasiga muvofiq bank  sirini  tashkil  etuvchi  ma’lumotlar  mijozning o‘ziga, u vakolat bergan  vakillarga, shuningdek ushbu Qonunda  belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur masalada jismoniy shaxs vakolat bergan vakili (shu jumladan qarindoshi)  bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish huquqini tasdiqlaydigan hujjat (ishonchnoma) asosida belgilangan tartibda tijorat banklariga murojaat qilishi mumkin.

    Ayni paytda, mulkiy nizo mavjud bo‘lsa va u sud tartibida ko‘rilayotgan bo‘lsa “Bank siri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar sudga uning yozma so‘rovi asosida, mazkur bank mijoziga nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar bo‘yicha taqdim etiladi.
  • Vafot etgan yaqin qarindoshning (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, bobo, buvi va boshqalar) tijorat banklaridagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumotlari qanday tartibda taqdim etiladi?
    Vafot etgan yaqin qarindoshning (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, bobo, buvi va boshqalar) tijorat banklaridagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumotlari qanday tartibda taqdim etiladi?

    “Bank siri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga ko‘ra mijoz to‘g‘risidagi, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislariga, agar ularning o‘zi yoki ular vakolat bergan vakillar qonun hujjatlariga muvofiq meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etsalar, bank tomonidan taqdim etiladi.

    Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlamaydigan hujjatlar olingan taqdirda, bank murojaat qilgan shaxsni u so‘ragan ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyati yo‘qligi xususida uch ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart, shuningdek qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoki murojaat etgan shaxsning meros huquqini yoxud huquqiy vorisligini tasdiqlab berish to‘g‘risidagi yozma so‘rovni tegishli notariusga yoki yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yuborishga haqli. Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, bank murojaat etgan shaxsga besh ish kuni ichida tegishli mijoz to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni berishi va barcha hujjatlarni taqdim etishilishi mumkin.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur masalada “Bank siri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda tijorat banklariga murojaat qilishi mumkin.
USD = 10209.86
+2.17
EUR = 12021.09
+125.05
RUB = 137.46
-4.91
GBP = 13362.66
+308.05
JPY = 96.43
+0.24
CHF = 11186.44
+98.36
CNY = 1463.91
+8.58
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X