Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ko‘p beriladigan savollar




kreditlar 14

  • Tijorat banklari tomonidan iste’mol (avtokredit) kreditlari qanday tartibda ajratiladi?
    Tijorat banklari tomonidan iste’mol (avtokredit) kreditlari qanday tartibda ajratiladi?

    O‘zbekiston Respublikasining «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, banklar tomonidan aholining iste’mol ehtiyojlari uchun beriladigan iste’mol krediti (avtokredit) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun ularni ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

    Mazkur Qonun talablariga ko‘ra, iste’molchi moliyaviy iste’mol krediti olish to‘g‘risida iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi korxonani oldindan yozma ravishda xabardor etishi shart.

    Iste’mol krediti (avtokredit) olish yuzasidan avvalo mazkur tovarlar (avtomobil)ni ishlab chiqaruvchi vakolatli korxona bilan shartnoma tuzib, ushbu shartnoma hamda boshqa talab qilinadigan hujjatlar bilan tijorat banklari filiallariga murojaat qilinadi.
  • Tijorat bankidan kredit olishda bankka qanday ta’minot turlarini taqdim etish mumkin?
    Tijorat bankidan kredit olishda bankka qanday ta’minot turlarini taqdim etish mumkin?

    Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:

    mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;

    bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;

    uchinchi shaxsning kafilligi;

    sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

    Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
  • Tijorat banklaridan kredit mablag‘lari olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?
    Tijorat banklaridan kredit mablag‘lari olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?

    Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun:

     - Kredit olish uchun ariza;

    - Pul oqimlari to‘liq ko‘rsatilgan biznes-reja;

    - Soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy hisobotlar;

    - Kredit ta’minoti bilan bog‘liq xujjatlar.

    Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun:

    - Kredit olish uchun ariza.

    - Pul oqimlari to‘liq ko‘rsatilgan biznes-reja.

    - Kredit ta’minoti bilan bog‘liq xujjatlar.

    Shu bilan birgalikda bank tomonidan loyihani to‘liq tahlil qilish uchun lozim bo‘ladigan boshqa xujjatlar talab qilinishi mumkin.
  • Banklar tomonidan qanday turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatiladi?
    Banklar tomonidan qanday turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatiladi?

    Bugungi kunda, banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan mikrokredit va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

    Mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag‘laridir.

    Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin.

    Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.

    Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining 2000 baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.
  • Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun, xususan chorvachilikni rivojlantirish uchun qanday tartibda kreditlar ajratiladi?
    Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun, xususan chorvachilikni rivojlantirish uchun qanday tartibda kreditlar ajratiladi?

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 20 martda
    2344-son bilan ro‘yxatga olingan “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan fuqarolarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va yetishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek urug‘ va ko‘chatlar uchun eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mikrokreditlar beriladi.

    Mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz:

    mevali daraxtlar va uzum ko‘chatlari sotib olish uchun - bir yillik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

    qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va yetishtirish uchun - olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

    urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun - olti oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

    Mikrokreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda, kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.
  • Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun, xususan chorvachilikni rivojlantirishga kreditlar olish uchun qanday hujjatlar taqdim qilinadi?
    Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun, xususan chorvachilikni rivojlantirishga kreditlar olish uchun qanday hujjatlar taqdim qilinadi?

    Shaxsiy yordamchi xo‘jalik yurituvchi jismoniy shaxslar mikrokredit olish uchun, qoida tariqasida, o‘zlari istiqomat qiladigan joydagi tijorat banklari filiallaridan biriga mikrokredit berishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

    Mikrokredit olish uchun shaxsiy yordamchi xo‘jalik yurituvchi jismoniy shaxs tomonidan tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

    tegishli maqsad uchun mikrokredit berish so‘ralgan ariza;

    fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolangan, belgilangan tartibda berilgan sanasi va raqami qayd etilgan hamda muhr bilan tasdiqlangan tavsiyanoma va mikrokredit oluvchi shaxsiy yordamchi xo‘jalik yurituvchi jismoniy shaxsda tomorqa uchastkasi mavjudligi hamda uning maydoni ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;

    jismoniy shaxs o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatadi hamda undan nusxa taqdim etadi;

    tegishli ta’minot turlaridan biri.
  • AT Mikrokreditbank tomonidan qarz oluvchilarga qanday imtiyozli kreditlar ajratiladi?
    AT Mikrokreditbank tomonidan qarz oluvchilarga qanday imtiyozli kreditlar ajratiladi?

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” Aksiyadorlik-tijorat bankning tadbirkorlik sub’ektlari qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008 yil 10 noyabrdagi PF-4051-sonli Farmoniga asosan Mikrokreditbank tomonidan boshlang‘ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun, biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga va imtiyozli mikrolizing bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga kreditlar beriladi.

    Boshlang‘ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun mikrokredit eng kam oylik ish xaqining 50 baravarigacha miqdorda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari uchun;

    eng kam oylik ish xaqining 100 baravarigacha miqdorda mikrofirmalar va dehqon xo‘jaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan);

    eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda fermer xo‘jaliklari uchun beriladi.

    Mikrokreditlar biznesni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik sub’ektlariga (mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklariga) eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha miqdorda beriladi.

    Imtiyozli mikrolizing bo‘yicha xizmatlar kichik biznes sub’ektlariga eng kam oylik ish xaqining 2000 baravarigacha miqdorda ko‘rsatiladi.
  • Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishg yoki aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun qanday tartibda kreditlar ajratiladi?
    Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishg yoki aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun qanday tartibda kreditlar ajratiladi?

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2013 yil 27 dekabrda 2546-son bilan ro‘yxatga olingan “Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan tijorat banklari tomonidan kreditlar quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

    kredit oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha;

    aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha;

    qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha.

    Tijorat banklari kreditlar bo‘yicha kreditlashning imtiyozli davrini belgilashlari mumkin.

    Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.

    Agar Siz AT Mikrokreditbank mijozi bo‘lsangiz, unda bank tomonidan quyidagi shartlarda kredit mablag‘lari ajratiladi:

    Boshlang‘ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun mikrokredit 18 oy muddatgacha yillik 3% miqdorda ajratiladi. Bunda, yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mikrokredit boshlang‘ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun ular kredit olish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida buyurtma taqdim etilganda beriladi.

    Mikrokreditlar biznesni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik sub’ektlariga (mikrofirmalar, kichik korxonalar, dexkon va fermer xujaliklariga) 24 oy muddatgacha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi 50% miqdorida ajratiladi.

    Imtiyozli mikrolizing buyicha xizmatlar kichik biznes sub’ektlariga
    3 yil muddatgacha yillik 5% miqdoridagi foiz stavkasi bilan beriladi.
  • Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga qanday turdagi kreditlar ajratiladi?
    Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga qanday turdagi kreditlar ajratiladi?

    Tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008 yil 18 maydagi PF-3878-sonli Farmoniga asosan ishlab chiqilgan “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida” Nizomga  (ro‘yxat raqami 1697, 2007 yil 18 iyul) asosan ipoteka, iste’mol va mikrokreditlar ajratiladi.

    Yosh oila toifasiga - har biri 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tgan yoshlar kiradi.

    Yosh oilalarga:

    mikrokredit - yosh oilalarga eng kam oylik ish haqining
    1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi;

    ipoteka krediti - yosh oilalarga sotib olinayotgan ko‘chmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun beriladi;

    iste’mol krediti – jismoniy shaxs (iste’molchi)ga uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladi.

    Yosh oilalarga ipoteka, iste’mol va mikrokreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha (yillik 14 foiz miqdorida) ajratiladi.
  • Tijorat banklari tomonidan oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari qanday tartibda ajratiladi?
    Tijorat banklari tomonidan oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari qanday tartibda ajratiladi?

    O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida” Qaroriga muvofiq tijorat banklarining respublika oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga to‘lash uchun tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berish amaliyotga joriy etilgan.

    Ta’lim kreditlari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.

    Ta’lim kreditlari:

    - bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha;

    - magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha ajratiladi.

    Ta’lim kreditlari bo‘yicha:

    - chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);

    - talabalarning qolgan toifalariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan o‘zgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlari va aholining keng qatlamlarini mikrokreditlash tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonida
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
    17 martdagi PQ-2844-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlari va aholining keng qatlamlarini mikrokreditlash tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan qaysi turdagi kreditlar beriladi?

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlari va aholining keng qatlamlarini mikrokreditlash tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan:

    yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi oilaviy tadbirkorlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining 20 baravarigacha miqdorda;

    yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi oilaviy tadbirkorlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 60 baravarigacha miqdorda mikrokreditlarni kreditlashga oid amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan ta’minot turlari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” Qonunining 11-moddasida ko‘rsatilgan vakolatlar doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi asosida mikrokredit mablag‘lari ajratiladi.
  • Tijorat banklari tomonidan kam ta’minlangan oilalarni bandligini ta’minlash uchun qanday tartibda kredit mablag‘lari ajratiladi?
    Tijorat banklari tomonidan kam ta’minlangan oilalarni bandligini ta’minlash uchun qanday tartibda kredit mablag‘lari ajratiladi?

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 oktabrdagi 857-sonli qaroriga ilova qilingan  “Kam ta’minlangan oilalarni bandlik bilan ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi  nizomiga muvofiq tijorat banklari tomonidan eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha yillik 4 foiz stavkada qarz oluvchilarga mikrokredit qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz, 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

    Mikrokredit olish uchun qarz oluvchi tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

    Ariza, shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokredit so‘ralgan hollarda qarz oluvchida tomorqa uchastkasi mavjudligi ko‘rsatilgan o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

    mikrokreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat.

    Mikrokreditlar qaytarilishining ta’minoti sifatida bankka quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:

    mol-mulk garovi;

    tijorat banki yoki sug‘urta kompaniyasi kafolati;

    uchinchi shaxs kafilligi;

    qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta qilinganligi.

    tegishli hujjatlarni topshirishda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatadi hamda undan nusxa taqdim etadi.

    Ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza bankka kelib tushgan kundan boshlab, bank kredit qo‘mitasi tomonidan ushbu ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati 3 ish kunidan oshmasligi lozim.

    Mikrokreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan uning to‘lov topshiriqnomasiga asosan, kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
  • Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti qanday shartlar asosida beriladi?
    Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti qanday shartlar asosida beriladi?

    Bugungi kunda, tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka kreditlari O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida beriladi va tartibga solinadi.

    Tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas. Yosh oilalar uchun “Yoshlar” uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar bundan mustasno.

    Ariza beruvchi tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga ipoteka krediti olish uchun quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining yoki uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.

    Ushbu mablag‘lar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamg‘arma omonat hisobvrag‘ida milliy yoki chet el valyutasida mavjud bo‘lishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan qurilish ishlari bajarilgan yoki o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida bo‘lishi mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, tijorat banklari kreditlarini olish va ulardan foydalanish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita aholi o‘zi istiqomat qilayotgan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari filiallariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi mumkin.
  • Ipoteka kreditlarini boshlang‘ich badalsiz olish imkoniyatlari mavjudmi?
    Ipoteka kreditlarini boshlang‘ich badalsiz olish imkoniyatlari mavjudmi?

    Amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq, umumiy tartibda ipoteka kreditlari orqali uy-joylar xarid qilish uchun qarz oluvchi tomonidan uy-joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.

    Aholi talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktabrdagi PQ-3350-sonli qaroriga asosan shaharlarda qurilayotgan ko‘p qavatli arzon uy-joylarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlar uy-joylarning qavatiga (etajiga) qarab boshlang‘ich badallari shakllantirilishi belgilandi. Misol uchun, ko‘p qavatli uy-joyning 1-qavatidan xonadon olish istagi bo‘lgan aholiga 35 foiz miqdorida, shuningdek mos ravishda 2-qavat uchun 40 foiz va yuqori qavatlar uchun 10 foiz miqdorida boshlang‘ich badallar shakllantiriladi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi PQ-2639-sonli Qaroriga muvofiq, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun 2  va 3 xonali namunaviy uy-joylar uchun 15 foiz hamda 2 qavatli 4 xonali namunaviy uy-joylar uchun 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.

    Shuningdek, ipoteka kreditini olish imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida, ipoteka oluvchining shaxsning ish joyidan ham boshlang‘ich badallar shakllantirishi mumkin.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentabrdagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kamolot”ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandiga muvofiq, kvartiralar yosh oilalarga tijorat banklari tomonidan sotib olinadigan kvartira qiymatini to‘lash uchun, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan, dastlabki badalni to‘lamasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng foizli stavka bilan 20 yil muddatga beriladigan imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish yo‘li bilan mulk qilib beriladi.
USD = 10231.71
+21.85
EUR = 12059.09
+38
RUB = 138.65
+1.19
GBP = 13353.40
-9.26
JPY = 96.61
+0.18
CHF = 11215.29
+28.85
CNY = 1468.60
+4.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X