Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ko‘p beriladigan savollar




Litsenziyalash 4

  • Mikrokredit tashkiloti faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida ma’lumot bering.
    Mikrokredit tashkiloti faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida ma’lumot bering.

    Mikrokredit tashkilotlari tomonidan beriladigan kreditlar asosan fuqarolarga shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning zakalat ko‘rinishidagi garov ostida qisqa (uch oydan ko‘p bo‘lmagan) muddatli kreditlar beradi.

    O‘zbekiston Respublikasida mikrokredit tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida” va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Markaziy bankning “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 2093, 2010 yil 13 aprel) Nizomi talablari asosida amalga oshiriladi.
  • Lombard faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida ma’lumot bering.
    Lombard faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida ma’lumot bering.

    Lombard tashkilotlari tomonidan beriladigan kreditlar asosan fuqarolarga shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning zakalat ko‘rinishidagi garov ostida qisqa (uch oydan ko‘p bo‘lmagan) muddatli kreditlar beradi. Lombard tashkilotlari shuningdek, fuqarolardan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni saqlash uchun qabul qilish huquqiga ham ega.

    O‘zbekiston Respublikasida lombard faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida” 2003 yil 17 sentabrdagi 402-sonli qarori, shuningdek Markaziy bankning “Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1291, 2003 yil 10 dekabr) Nizomi talablari asosida amalga oshiriladi.
  • Tugatish jarayonidagi kredit uyushmalaridan depozit (omonat)ni qaytarish bo‘yicha tushuntirishlar bering.
    Tugatish jarayonidagi kredit uyushmalaridan depozit (omonat)ni qaytarish bo‘yicha tushuntirishlar bering.

    Kredit uyushmasini tugatish va kreditorlar oldidagi majburiyatlarni bajarish Fuqarolik kodeksi, “Kredit uyushmalarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda (ro‘yxat raqami 1815, 2008 yil 22 may) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.  

    “Kredit uyushmalarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan kredit uyushmasini tugatish jarayoni yakunlanguncha kredit uyushmasiga tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar faqat tugatuvchi nomiga bildirilishi hamda mazkur nizomda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin.

    Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab kredit uyushmasi ishlarini boshqarish sohasidagi barcha vakolatlar unga o‘tadi. Tugatuvchi kredit uyushmasi nomidan boshqarish vazifalari bajarilishini va kredit uyushmasi faoliyatini tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshiradi.

    Tugatilayotgan kredit uyushmasining oraliq tugatish balansi tasdiqlangan kundan boshlab uyushma kreditorlari talablarini qanoatlantirish Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq amalga oshiriladi.

    Bunda, kredit uyushmasi a’zolari bo‘lgan jismoniy shaxslar o‘z omonatlarini olishda ustuvorlikka egadirlar.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, depozitni qaytarish masalasi yuzasidan kredit uyushmasining tugatuvchisiga murojaat etilishi lozim.

    Agar tugatuvchi tomonidan kreditor talablarini qondirish rad etilsa yoki uni ko‘rib chiqishdan bosh tortilsa, unda tugatuvchiga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilish mumkin. 

    Kredit uyushmalari a’zolari foydasiga qabul qilingan sudning qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga murojaat etish lozim.

    Kredit uyushmalarining kredit uyushmasi a’zolari oldidagi majburiyatlari yuzasidan Markaziy bank javobgar bo‘lmaydi.
  • Kredit uyushmasi garovidagi mol-mulkka qo‘yilgan taqiqni bekor qilish tartibi.
    Kredit uyushmasi garovidagi mol-mulkka qo‘yilgan taqiqni bekor qilish tartibi.

    Kredit uyushmasi garovida bo‘lgan mol-mulkka qo‘yilgan taqiqni bekor qilish masalasida kredit uyushmasi tugatuvchisiga murojaat etish lozim.

    Davlat reestridan chiqarilgan kredit uyushmalarida garov sifatida qabul qilingan mol-mulkka qo‘yilgan taqiqni bekor qilish:

    jismoniy shaxslar mol-mulklari bo‘yicha - fuqarolik sudi

    yuridik shaxslar mol-mulklari bo‘yicha - iqtisodiy sud tomonidan amalga oshiriladi.
USD = 10209.86
+2.17
EUR = 12021.09
+125.05
RUB = 137.46
-4.91
GBP = 13362.66
+308.05
JPY = 96.43
+0.24
CHF = 11186.44
+98.36
CNY = 1463.91
+8.58
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X