Yuridik shaxs - litsenziya da’vogari, lombard faoliyatini amalga oshirishga litsenziyani olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) lombardning faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risida Elektron arizani to‘ldirish yoki shaklni yuklab olish, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va bank hisobvarag‘ining rekvizitlari ko‘rsatiladi;
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) lombardning boshqarish vakolatiga ega organ tomonidan tasdiqlangan bir yillik faoliyat uchun biznes-reja;
g) muassislar ro‘yxati, quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda:
Jismoniy shaxslar uchun:
familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari, yashash joyining pochta manzili, telefonlari;
faoliyat turi, ish joyi, lavozimi (agar ishlasa);
lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida;
Yuridik shaxslar uchun:
to‘liq nomi, pochta manzili va telefon raqamlari, to‘lov rekvizitlari;
lombardning ustav fondidagi ulushi summasi, shu jumladan, ustav fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida.
Barcha muassislar (ham yuridik va ham jismoniy shaxslar) uchun ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud (jumladan, xo‘jalik sudi) yoki davlat organlari tomonidan bu shaxsga nisbatan qo‘llanilgan barcha huquqiy jazo choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
d) lombardning boshqaruv organlari tuzilmasi va shaxsiy tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar;
e) naqd pul mablag‘lari va garovga olingan mulklarning saqlanishini ta’minlaydigan, maxsus jihozlangan xonalar (binolar) mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
j) litsenziya da’vogarining lombard shtatida baholash faoliyatini amalga oshirish huquqiga tegishli litsenziyasi bo‘lgan, maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega hamda garovga qabul qilinayotgan qimmatbaho metal va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni yoki ulardan foydalanib yasalgan antikvariat, qimmatli ashyolar va boshqa ko‘char mulk buyumlarini baholaydigan malakali mutaxassislar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
z) litsenziya da’vogarning arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi.