Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning tegishli hududiy boshqarmasiga quyidagilarni taqdim etadi:
- litsenziya berish to‘g‘risida Elektron arizani to‘ldirish yoki shaklni yuklab olish;
- mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari;
- mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi;
- mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Mikrokredit tashkilotida axborot tizimlarining o‘zaro ishlashi va almashinuvini ta’minlash maqsadida quyidagilar mavjud bo‘lishi lozim:
Bank telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanish uchun modem aloqasi;
- mikrokredit tashkiloti binosi va bank telekommunikatsiya tarmog‘ining jihozlari o‘rnatilgan avtomatik telefon stansiyasi bilan alohida sifatli aloqa liniyasi;
- kafolatlangan elektr ta’minoti (220 V);
- kunlik buxgalteriya hisobini yuritilishini ta’minlovchi dasturiy ta’minot;
- mikrokredit tashkiloti faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik vositalar.
Mikrokredit tashkiloti binoci va undagi kassa xonalari texnik jihatdan mustahkamlangan va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Mikrokredit tashkiloti binoci va undagi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi, shuningdek axborot tizimlarining o‘zaro ishlashi va almashinuvini ta’minlash maqsadida modem va sifatli aloqa liniyasi mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oshirish bo‘yicha texnik talablarga mos keluvchi dasturiy ta’minot bilan ta’minlanganligi bo‘yicha Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi lozim.
Hajmi bir varaqdan ziyod holda taqdim etiladigan barcha hujjatlar alohida yig‘majild shaklida tikilib, muhr izi tushirilgan holda tasdiqlangan bo‘lishi lozim.