Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI

Yangilangan sana:  22 Noy 2021, 17:01
2021
Mazkur kumush esdalik tangasi 2021 yilda davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlab zarb etilgan.

Tanganing old tomoni (avers qismi) markazida “Oʻzbekiston” yozuvi tasvirlangan, yozuv orqasida mustaqillik davrida qurilgan zamonaviy va milliy uslubda qad koʼtargan binolar hamda quyoshli yurtimizni aks ettiruvchi quyosh tasvirlangan. Tanganing pastki tomonida anor kompozitsiyasi oila, baraka va birdamlik timsoli sifatida ramziy maʼnoda qoʼyilgan. Esdalik tanganing tashqi aylanasida katta harflarda “OʻZBEKISTON MUSTAQILLIGI KUNI” va “INDEPENDENCE DAY OF UZBEKISTAN” yozuvlari aks ettirilgan boʼlib, ular bir-biridan Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz yilligini anglatuvchi 1991-2021 raqamlari orqali ajratilgan.

Tanganing orqa tomonidagi (revers qismi) kichik doiraning yuqori qismi milliy oʼzbek anʼanalarga xos tarzda milliy naqsh bilan bezatilgan. Kichik doiraning pastki qismida tanganing nominal qiymatini anglatuvchi “50 000 soʼm” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi va ichki doiralari orasida yuqori qismida “OʻZBEKISTON MARKAZIY BANKI” hamda pastki qismida “CENTRAL BANK OF UZBEKISTAN” soʼzlari yozilgan. Mazkur yozuvlar ozodlik ramzini anglatuvchi sakkiz qirralik yulduzlar bilan ajratilgan.

Tanganing yon tomoni notekis.

  • Metal turi: Серебряные монеты
  • Og’irlik: 31,1 gr
  • Qiymat: 50 000 so'm
  • Asillik darajsi: 999,9
  • Sifati: -
USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X