Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4444

Markaziy bankning “Elektron hukumat” tizimida qatnashishda tutgan o‘rni va roli

Yangilangan sana: 9 Iyul 2020, 10:16

Markaziy bank “Elektron hukumat” tizimida o‘zining “Chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish kliring tizimini yaratish hamda xizmat ko‘rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash” loyihasini amalga oshirish bilan ishtirok etadi.

Mazkur Kliring tizimi banklar uchun chakana to‘lovlarni amalga oshirishning markazlashgan tizimini yaratib, jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarini, shuningdek xizmat ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni, internet to‘lovlarini, to‘lovlarni komissiyasiz operativ ravishda amalga oshirish va Hisob-kitob banki funksiyasini bajarish imkoniyatini yaratdi.

Shu bilan birga, Kliring tizimi to‘lovlarni o‘tkazish jarayonida Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari bilan o‘zaro birgalikda ishlashni ta’minlab, soliq to‘lovlarini hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish va qog‘oz kvitansiyalaridan voz kechish imkonini beradi. Kliring tizimi elektr energiya, gaz, kommunal sohalarida xizmat ko‘rsatuvchilar va internet provayderlar, mobil aloqa operatorlarining billing tizimi bilan o‘zaro ishni ta’minlaydi va bank kartalari orqali chakana to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini 2013-2020 yillarda rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi”ning 2014 yil 29 dekabrdagi 5-son majlis bayoni bilan Elektron hukumatning reytingli rivojlanishida “elektron xizmatlar” subindeksi ko‘rsatkichini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan.

Mazkur ishchi guruhiga Markaziy bank Axborot texnologiyalari departamenti direktori D.Sh. Ikramov kiritilgan.

Elektron hukumatning reytingli rivojlanishida “elektron xizmatlar” subindeksi ko‘rsatkichini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining 2015 yil 20 yanvardagi 1-son majlis bayoni bilan davlat organlari veb-saytlarini BMT(OON) mezonlariga va ochiq ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablarga, shuningdek ko‘rsatiladigan davlat interaktiv xizmatlarini kengaytirish vazifasi yuklatigan.

Shunga asosan, Markaziy bankning veb-saytini mazkur talablarga moslashtirish ishlari ustida tegishli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur majlis bayonida, Markaziy bankka manfaatdor davlat organlarining so‘rovlari asosida, davlat organlari veb-saytlari va Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlar uchun onlayn-to‘lovlarni ta’minlash imkoniyatlarini amalga oshirish topshirildi.



USD = 12893.07
+18.01
EUR = 13386.87
-19.93
RUB = 125.96
+1.21
GBP = 16121.49
-180.91
JPY = 82.27
+0.29
CHF = 14399.23
+32.95
CNY = 1766.37
+1.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X