Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Moliyaviy barqarorlik haqida

Yangilangan sana:  15 Noy 2022, 19:43
Moliyaviy barqarorlik – bu moliyaviy tizimning, yaʼni moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu bilan birga moliyaviy vositachilik funktsiyalarini bajara olmaslik ehtimolini pasaytirish qobiliyatidir. Moliyaviy barqarorlik maqsadi alohida moliya muassasasi emas, balki butun moliya tizimi barqarorligini taʼminlashdan iborat. Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotning barqaror rivojlanish asosi hisoblanadi.

Moliyaviy tizim, qachonki banklar, boshqa kredit tashkilotlari va moliya bozorlari uy xoʼjaliklari va tadbirkorlik subʼektlariga bir maromda ishlayotgan tizimning keskin sustlashishiga yoʼl qoʼymasa, iqtisodiyotdagi ishtiroki va uning oʼsishi uchun zarur moliyaviy investitsiyalar taqdim eta olsagina barqaror hisoblanadi. Аks holda nobarqaror tizimda iqtisodiy shoklar real iqtisodiyotga noxush taʼsir koʼrsatishi, kreditlashni izdan chiqarishi va kutilganidan ziyod xatarga olib kelishi, bandlikning qisqarishi va iqtisodiy faollikni susaytirishi mumkin.

Moliyaviy nobarqarorlik sharoitida moliya tizimi iqtisodiyot uchun zarur moliyaviy xizmatlarni taqdim eta olmaydi. Masalan, yirik moliya tashkilotidagi qiyinchiliklar moliyaviy nobarqarorlikni yuzaga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, bitta muassasadagi muammolar banklararo operatsiyalar tufayli tizimning bir-biriga oʼzaro qattiq bogʼlangan boshqa tashkilotlariga ham tarqalishi mumkin. Muassasalarning umumiy faoliyati butun moliya tizimi uchun xavfni, yaʼni tizimli xavfni yuzaga keltirishi, ishonchli boʼlib tuyulgan alohida tashkilotni ham moliyaviy nobarqarorlikka olib kelishi mumkin.

Moliyaviy barqarorlik va uni tahlil qilish markaziy banklar hamda moliya tizimini tartibga soluvchi organlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bank sektori Oʼzbekiston moliya tizimining eng muhim boʼgʼini boʼlganligi sababli, uning barqarorligini taʼminlash Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Markaziy bank bank tizimidagi oʼzgarishlarni kuzatib boradi va baholaydi, shuningdek, tizimli xavflar toʼplanishini kamaytirish va bank tizimining barqarorligini taʼminlash choralarini koʼrib boradi. Markaziy bank yiliga ikki marta Moliyaviy barqarorlik sharhini chop etadi, unda bank tizimining barqarorligi, makromoliyaviy zaiflik va xatarlar tahlil qilinadi va baholanadi. Ushbu sharhni chop etishdan koʼzlagan asosiy maqsad – jamoatchilik xabardorligini hamda bu sohada Markaziy bankning shaffofligi va hisobdorligini oshirishdan iborat.


USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X