Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
81280

Pul-kredit siyosati maqsadi va tamoyillari

Yangilangan sana: 15 Noy 2024, 15:00

Pul-kredit siyosatining maqsadi

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Markaziy bank pul-kredit siyosatini narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadidan kelib chiqqan holda ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Narxlar barqarorligi past va barqaror inflyatsiya darajasini anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5877-sonli “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan inflyatsiya bo‘yicha doimiy maqsad (target) 5 foiz etib belgilangan va ushbu maqsadga erishish vazifasi Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan.

Markaziy bank tomonidan inflyatsion targetning ta’minlanishi aholi va tadbirkorlarning daromadlari va jamg‘armalarining xarid qobiliyatini saqlaydi, ularga uzoq muddatli xarajatlarini rejalashtirish imkonini beradi hamda barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga qulay sharoitlarni yaratadi.

Shu bilan birga, doimiy past inflyatsiya mamlakatga barqaror investitsiyalar kirib kelishiga, inflyatsiya mukofotining kamayishi evaziga foiz stavkalarining pasayishiga, milliy valyutaga bo‘lgan ishonchning ortishi sharoitida iqtisodiyotning tashqi xatarlarga ta’sirchanligining pasayishiga xizmat qiladi.

Samarali pul-kredit siyosati iqtisodiyotning salohiyatidan keskin va davomiy og‘ishining oldini olish va salbiy ta’sirlarni yumshatish choralarini ko‘rish imkoniyatlarini yaratadi.

Inflyatsion targetlash rejimi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020 yildan boshlab pul-kredit siyosatini inflyatsion targetlash rejimi doirasida olib bormoqda.

Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi – targeti belgilanadi hamda Markaziy bankning barcha xatti-harakatlari inflyatsiyaning ushbu target darajasi atrofida bo‘lishiga qaratiladi.

Pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari

  •  Inflyatsiya bo‘yicha target belgilanadi va barcha pul-kredit siyosati choralari ushbu targetga erishishga qaratiladi;

  •  Markaziy bankning asosiy stavkasi pul-kredit siyosatining asosiy instrumenti hisoblanadi;

  •  Pul-kredit siyosati operatsion mexanizmi Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi;

  •  Pul-kredit siyosatiga oid qarorlar keng qamrovli makroiqtisodiy tahlil va prognozlarga asoslanadi;

  •  Markaziy bank valyuta siyosatini erkin suzuvchi valyuta kursi rejimida amalga oshiradi;

  •  Pul-kredit siyosati shaffof tarzda olib boriladi va har bir qaror keng jamoatchilikka batafsil tushuntiriladi.

  

pdf 150.9 КБ
Pul-kredit siyosatining tamoyillar mohiyati.

pdf 1.1 МБ
Oʼzbekistonda inflyatsion targetlashga oʼtishning istiqbollari, mavjud shart-sharoitlar va muammolar.

pdf 2.2 МБ
Oʼzbekiston_Inflyatsion targetlash rejimiga oʼtish.

pdf 865.0 КБ
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Kontseptsiyasi.





USD = 12893.07
+18.01
EUR = 13386.87
-19.93
RUB = 125.96
+1.21
GBP = 16121.49
-180.91
JPY = 82.27
+0.29
CHF = 14399.23
+32.95
CNY = 1766.37
+1.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X