Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Pul-kredit operatsiyalari nima?

Yangilangan sana:  24 Noy 2022, 16:26

Pul-kredit siyosati asosiy operatsiyalari

Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadi bo`lgan iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta`minlashda transmission mexanizm foiz kanali ta`sirchanligini oshirish maqsadida pul-kredit operatsiyalari amalga oshiriladi.

Pul-kredit operatsiyalari bank tizimi umumiy likvidligini tartibga solish orqali qisqa muddatli foiz stavkalarini boshqarishga yo`naltirilgan.

Markaziy bank tomonidan ushbu operatsiyalar foiz koridori mexanizmi asosida amalga oshiriladi va pul bozori foiz stavkalarining asosiy stavkaga nisbatan ±2 foizlik koridorda shakllanishini ta`minlaydi.

Markaziy bankning operatsion mexanizmi

Maqsadi

Instrument

Shartlari

Foiz stavkasi

Vazifasi

Likvidlikni taqdim etish

REPO auksionlari

7 kunlik
(har dushanba)
(11:00 - 11:30)

Asosiy stavka

Bank tizimi likvidligidagi vaqtinchalik taqchillikni qoplash

SVOP auksionlari

7 kunlik
(har dushanba)
(11:30 - 12:00)

Overnayt REPO operatsiyalari

1 kunlik
(10:00 - 16:00)

Asosiy stavka
+ 2%

Bank tizimi likvidligidagi kunlik taqchillikni qoplash

Overnayt SVOP operatsiyalari

Likvidlikni jalb etish

Overnayt depozit operatsiyalari

1 kunlik
(10:00 - 16:00)

Asosiy stavka
- 2%

Bank tizimi likvidligidagi kunlik ortiqchalikni jalb etish

Depozit auksionlari

7 kunlik
(har payshanba)
(11:00 - 11:30)

Asosiy stavka

Bank tizimi likvidligidagi vaqtinchalik ortiqchalikni jalb etish

Markaziy bank obligatsiyalari

12 oygacha
(grafikka asosan)
(11:00 - 11:30)

Asosiy stavka
+ 2%
(yuqori chegara)

Bank tizimi likvidligidagi tarkibiy ortiqchalikni jalb etish

 

Likvidlikni taqdim etish operatsiyalari

1. REPO auksioni – bu kredit tashkilotlaridan qimmatli qog`ozlarni markaziy bank tomonidan sotib olish va keyinchalik ularni oldindan belgilangan narxda ma`lum muddatdan keyin sotish bo`yicha ikki tomonlama bitim.

Markaziy bank REPO stavkasini – asosiy stavka darajasida belgilaydi – bu o`z o`rnida REPO operatsiyalari bo`yicha taqdim etilgan mablag`lar uchun narx hisoblanadi. Davlat qimmatli qog`ozlari va Markaziy bank obligatsiyalari oldi-sotdi predmeti hisoblanadi.

Ma`lumot uchun “O`zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog`ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to`g`risidagi” Nizom

2. Valyutaviy SVOP auksionioldindan belgilangan valyuta kurs (forvard operatsiyasi) bo`yicha ma`lum vaqtdan keyin teskari operatsiyani amalga oshirish sharti bilan ikki tomonlama valyuta ayirboshlash operatsiyasi (spot operatsiyasi).

Forvard kursini hisoblashda milliy valyutaning qiymati sifatida Markaziy bankning asosiy stavkasidan foydalaniladi. Bitim predmeti xorijiy valyuta hisoblanadi.

3. Overnayt REPO va Overnayt valyutaviy SVOP operatsiyalari – bir kun muddatga “asosiy stavka + 2%” stavkada muntazam qo`llaniladigan operatsiyalar.

Likvidlikni jalb etish operatsiyalari

1. Markaziy bank obligatsiyasi – obligatsiya egasi tomonidan belgilangan tartibda daromad olish huquqini beruvchi Markaziy bank tomonidan elektron shaklda emissiya qilinadigan qimmatli qog`ozlar.

Ma`lumot uchun “O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalar chiqarishi va muomalada bo`lishi to`g`risidagi” Nizom

2. Depozit auksionlariMarkaziy bankning tijorat banklaridan depozitlarga asosiy stavka darajasida mablag`larni jalb qilish operatsiyalari. Ushbu auksionlar 2022 yilning mart oyidan boshlab “to`liq qoplanadigan o`zgarmas foiz stavkali” operatsiyalar (fixed rate – full allotment) ko`rinishida amalga oshiriladi.

Ma`lumot uchun “O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan deposit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi” Nizom

3. Overnayt depozit - “asosiy stavka - 2%” stavkasi bo`yicha 1 kun muddatga muntazam foydalaniladigan operatsiyalar.



USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X