Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Asosiy stavka

Yangilangan sana:  30 Iyul 2024, 17:09

Аsosiy stavka pul-kredit siyosatining asosiy instrumenti boʼlib, inflyatsiyaning barqaror 5 foizlik targeti doirasida shakllanishini taʼminlash uchun zarur boʼlgan pul-kredit sharoitlarini belgilab beradi.

Аsosiy stavka banklararo pul bozoridagi qisqa muddatli pul narxini (UZONIA) belgilaydi, yaʼni tijorat banklarining bir-birlariga overnayt shartlarda qarz berish va qarz olish foiz stavkasining maqsadli koʼrsatkichi hisoblanadi.

Аsosiy stavka dinamikasi, foizda

xlsx 22.3 КБ
Аsosiy stavka dinamikasi

Maʼlumot uchun: Markaziy bank boshqaruvi Qarori bilan 2020 yilning 1 yanvar sanasidan pul bozoridagi foiz stavkalarini tartibga solish maqsadida Markaziy bankning asosiy stavkasi joriy etilgan va pul-kredit operatsiyalari boʼyicha asosiy moʼljal koʼrsatkich sifatida qayta moliyalashtirish stavkasi oʼrniga foydalanish belgilangan. Qayta moliyalashtirish stavkasi amaliyotda oʼz kuchini saqlab qolgan va asosiy stavka darajasiga tenglashtirilgan.

Markaziy bank boshqaruvi iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqib asosiy stavkani yiliga sakkiz marta avvaldan belgilangan taqvim asosida koʼrib chiqadi va qarorlar qabul qiladi. Qabul qilingan qarorlar yuzasidan press-relizlar e’lon qilinadi.

Аsosiy stavkaning oʼzgarishi tijorat banklarining foiz stavkalariga qanday taʼsir qiladi?

Banklararo pul bozori overnayt foiz stavkalarinining asosiy stavkaga yaqin darajada shakllanishini taʼminlash pul-kredit siyosatining operatsion maqsadi hisoblanadi. Markaziy bank ushbu operatsion maqsadga pul-kredit instrumentlari, xususan, ochiq bozordagi operatsiyalari orqali erishadi.

Аsosiy stavkaning oʼzgarishi banklararo overnayt foiz stavkalariga taʼsir qiladi va bu orqali pul bozoridagi boshqa uzoqroq muddatli foiz stavkalarining oʼzgarishiga olib keladi. Pul bozoridagi foiz stavkalarining oʼzgarishi, oʼz navbatida, tijorat banklarining kredit va depozit foiz stavkalari shakllanishiga taʼsir koʼrsatadi.

Аsosiy stavkaning oʼzgarishi iqtisodiyotga va inflyatsiyaga qanday taʼsir qiladi?

Pul-kredit siyosatining maqsadi inflyatsiyaning 5 foizlik target darajasini taʼminlash. Ushbu maqsadga erishish uchun Markaziy bank asosiy stavkani oʼzgartirish orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabni taklif darajasigacha muvozanatlashtirish choralarini koʼrib boradi.

Iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasi bozor ishtirokchilarining qarz olish, sarmoya kiritish, jamgʼarish yoki isteʼmol qilish boʼyicha qarorlariga taʼsir koʼrsatadi.

Markaziy bank asosiy stavkasining oshirilishi iqtisodiyotdagi foiz stavkalarini oshiradi. Yuqori foiz stavkalari jamgʼarish vositalarining jozibadorligini oshiradi hamda qarz vositalariga talabni kamaytiradi. Bunday sharoitda bozor ishtirokchilari koʼproq jamgʼarib, kamroq sarflashda davom etadi. Tovar va xizmatlar taklifi o’zgarmagan holda ularga bo’lgan talabning pasayishi iqtisodiyotdagi narxlarning barqarorlashuviga va natijada inflyatsiya darajasining pasayishiga xizmat qiladi.

Аksincha, inflyatsiya prognoz davrida targetidan pasayib ketishi ehtimoli yuqori boʼlgan taqdirda asosiy stavka pasaytiriladi.


USD = 12741.02
-16.92
EUR = 14062.26
-63.33
RUB = 134.38
-0.68
GBP = 16712.40
-246.73
JPY = 86.72
-1.71
CHF = 14961.27
-103.01
CNY = 1815.35
-2.41
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X