Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Majburiy zaxiralar

Majburiy zaxiralar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda alohida ochilgan hisobvaraqqa majburiy tartibda depozitga o'tkaziladigan pul mablag'laridir. Markaziy bank boshqaruvi tijorat banklarining milliy va chet el valyutalaridagi majburiyatlariga nisbatan majburiy zaxira talablarini belgilaydi. Majburiy zaxiralar tijorat banklarining majburiyatlari valyuta turlaridan qat'iy nazar, faqat milliy valyutada shakllantiriladi.

Majburiy zaxiralash talabini bajarishda oylik o'rtacha hisoblash mexanizmi qo'llaniladi. Ya'ni, Markaziy bankning majburiy zaxiralarni hisob-kitob qilish va depozitga o'tkazish tartibiga rioya qilgan, shuningdek, o'tgan davrdagi majburiy zaxiralarning o'rtachalashtirilgan miqdori majburiyatini bajargan banklarga o'rtachalash koeffitsiyentini (0 dan 1 gacha bo'lgan koeffitsiyent) qo'llash huquqi beriladi. Majburiy zaxiralarning o'rtachalangan qismi tijorat banklarining Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlarida yuritiladi.

Majburiy zaxiralash me'yorlari

(2024-yil 1-iyuldan)

Majburiyat turi

Majburiy zaxira

me'yorlari

Yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari

4 foiz

Yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi depozitlari

14 foiz

O'rtachalash koeffitsiyenti

1,0

Majburiy zaxiralash me'yorlari (1994 yildan)

Tijorat banklariga Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlarida 28 va 35 kalendar kuni (hisob-kitob davridan kelib chiqib) davomida o'rtacha hajmi majburiy zaxiralari miqdoridan past bo'lmagan darajadagi likvidlikni ta'minlash majburiyati yuklatilgan. Ushbu mexanizm bank tizimining umumiy likvidligini samarali boshqarish va pul bozori foiz stavkalarining qisqa muddatli tebranishlarini pasaytirish imkonini beradi.

Majburiy zaxiralash me'yorlarini o'zgartirish orqali Markaziy bank tijorat banklarining kredit faoliyatiga va foiz stavkalariga ta'sir qiladi.


“Tijorat banklarining O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o'tkaziladigan majburiy rezervlari to'g'risidagi” Nizom

USD = 12893.07
+18.01
EUR = 13386.87
-19.93
RUB = 125.96
+1.21
GBP = 16121.49
-180.91
JPY = 82.27
+0.29
CHF = 14399.23
+32.95
CNY = 1766.37
+1.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X