Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18248

Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari

Yangilangan sana: 7 Mar 2022, 15:54

Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.

Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.

Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin:

- informatsion;

- tranzaksion.

Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan  almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi.

Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari:

Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.

Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.

Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda:

  • to‘lovlarni o‘tkazish;
  • to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish;
  • barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi.

Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.

SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag‘idan ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni yuborish kerak.

Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:

  • hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;
  • hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar;
  • hisobvaraq balansi;
  • kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.

Bugungi kunda aholi tijorat banklarining mobil ilova dasturlari orqali real vaqt rejimida kartadan kartaga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalarini bajarish, soliq, byudjet, kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, mikroqarz olish va kreditlarni so‘ndirish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda ssuda (kredit) hisobvaraqlarini masofadan ochish, xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn konversiya operatsiyalarini amalga oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan keng foydalanmoqda.

O‘z navbatida, korxona va tashkilotlar uchun bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlari orqali real vaqt rejimida bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larni tasarruf etish va to‘lovlarni amalga oshirish, valyuta mablag‘lari sotib olish (konvertatsiya) uchun buyurtmanomani elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuborish, oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘tkazish uchun elektron qaydnomani bankka uzatish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar yaratildi.

 Рисунок10.jpg

Рисунок11.jpg


USD = 12893.07
+18.01
EUR = 13386.87
-19.93
RUB = 125.96
+1.21
GBP = 16121.49
-180.91
JPY = 82.27
+0.29
CHF = 14399.23
+32.95
CNY = 1766.37
+1.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X