Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari uchun moliyaviy savodxonlik sohasida malaka oshirishga doir amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Yangilangan sana:  6 Mar 2024, 16:48
6 Mar 2024

Seminar davomida quyidagi dolzarb mavzular qamrab olindi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 noyabrdagi PQ-364-sonli qaroriga ko‘ra rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar o‘zini o‘zi band qilishlari va tadbirkorlikni boshlashlari uchun mikromoliya xizmatlarining o‘rni to‘g‘risida aholini xabardor qilish;

 aholini biznesga jalb qilish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashning muhim jihatlari;

 aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun “oilaviy tadbirkor - mikrobiznes  kichik biznes  o‘rta biznes” zanjiri asosida yaratilgan imkoniyatlar;

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 noyabrdagi PQ-381-sonli qarori doirasida zamonaviy tahdidlar, bank kartalari (karta rekvizitlari) bilan, shu jumladan, elektron to‘lov tizimlari orqali noqonuniy operatsiyalarning oldini olish bo‘yicha aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish;

 ustuvor maqsadli guruhlar uchun o‘quv tadbirlari tashkil etishning yangi shakllari hamda dolzarb yo‘nalishlari.

Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari vakillari tomonidan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024 yilga mo‘ljallangan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi hamda o‘zaro muhokamalar asosida fikr almashildi.

Amaliy treningda muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha hududiy Bosh boshqarmalar tomonidan yil davomida chekka hududlarda aholi uchun o‘quv tadbirlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

USD = 12620.01
-42
EUR = 13522.34
-71.59
RUB = 135.74
-1.91
GBP = 15815.40
-33.64
JPY = 81.03
+0.22
CHF = 13846.84
-38.47
CNY = 1742.35
-4.95
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X