Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

АQShda Jahon banki Gʼaznachiligi va Nyu-York Federal zaxira banki vakillari bilan uchrashuvlar oʼtkazildi

Yangilangan sana:  13 Mar 2024, 12:39
13 Mar 2024

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki delegatsiyasi 4-7 mart kunlari АQShning Vashington shahrida Jahon banki Gʼaznachiligi tomonidan tashkil etilgan maxsus seminar-treninglarda qatnashdi hamda Nyu-York Federal zaxira banki vakillari bilan uchrashuvlar oʼtkazdi.

Seminar-treninglar davomida Jahon banki ekspertlari tomonidan xalqaro zaxiralarini samarali boshqarish, xususan, qimmatli qogʼozlar portfelini boshqarish, savdolar boʼyicha komplaens-nazorat amaliyoti, risklarni boshqarish hamda qimmatli qogʼozlarga investitsiya kiritish yoʼnalishlarida tajriba almashildi.

Tashrif doirasida Jahon bankining Аktivlarni boshqarish va maslahat dasturi (RAMP) rahbariyati bilan oʼzaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muxokama qilindi.

Shu bilan birga, Nyu-York Federal zaxira bankining rahbariyati hamda boshqa tarkibiy boʼlinmalar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi. Ushbu uchrashuvlarda Markaziy bankning kastodian hisobvaragʼini ochish hamda qimmatli qogʼozlarni garov evaziga qarzga berish boʼyicha bitimlar imzolandi.

USD = 12662.01
+21.8
EUR = 13593.93
+34.78
RUB = 137.65
+0.63
GBP = 15849.04
+31.08
JPY = 80.81
-0.41
CHF = 13885.31
+34.54
CNY = 1747.30
+3.17
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X