Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari bilan missiya yakunlari bo‘yicha uchrashuv

Yangilangan sana:  15 Mar 2024, 15:27
15 Mar 2024
Markaziy bankda Xalqaro valyuta jamg‘armasining Markaziy bank ichki audit mutaxassislarining riskka asoslangan ichki audit sohasida malakasini oshirish bo‘yicha missiyasi yakunlariga doir muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda texnik ko‘mak doirasida risklarni boshqarish tizimi va riskka asoslangan ichki auditni joriy qilish bo‘yicha Markaziy bankning sa'y-harakatlari o‘zining ijobiy samarasini berayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, Markaziy bankdagi asosiy ish jarayonlari xaritalarini tuzish, risklarni aniqlash va baholash hamda auditdan o‘tkaziladigan ob'ektlarni o‘z ichiga olgan audit olamini takomillashtirishga oid yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda xalqaro ekspertlarning taqdim etgan tavsiyalari Markaziy bank faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlanib, har ikki tomon risklarni boshqarish tizimi va riskka asoslangan ichki auditni joriy qilish yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirishini bildirdilar.

USD = 12662.01
+21.8
EUR = 13593.93
+34.78
RUB = 137.65
+0.63
GBP = 15849.04
+31.08
JPY = 80.81
-0.41
CHF = 13885.31
+34.54
CNY = 1747.30
+3.17
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X