Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Марказий банк стипендияси

Янгиланган сана: 8 Сен 2025, 18:25

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining stipendiya dasturi haqida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan iqtidorli va tashabbuskor talabalarni ragʻbatlantirish, ularning bank ishi, moliya, iqtisodiyot va axborot texnologiyalari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida maxsus stipendiya dasturi amalga oshiriladi.

Mazkur dastur har yili oʻtkazilib, unda respublikamizdagi yetakchi oliy taʻlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish huquqi quyidagi oliy oʻquv yurtlarining iqtisodiyot, bank ishi, moliya, amaliy matematika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlaridagi bakalavriat hamda magistraturaning soʻnggi bosqichi kunduzgi boʻlimida tahsil olayotgan talabalarga beriladi:

         - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

         - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

         - Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti

         - Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

         - Toshkentdagi INHA universiteti

         - Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti

         - Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

         - MGIMO (Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti) Toshkent filiali

         - M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali

         - Viloyatlarda bank ishi, iqtisodiyot, moliya va axborot texnologiyalari boʻyicha yoʻnalishlari mavjud ta’lim muassasalari


Stipendiya shartlari va imkoniyatlari

Markaziy bank stipendiyasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch baravari miqdorida belgilanadi. Stipendiatlar tanlov asosida saralab olinadi va ular Markaziy bankning tegishli boʻlinmalarida haftasiga 15 soatdan oshmagan tarzda amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu jarayon talabalarga bank tizimi bilan yaqindan tanishish, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish imkonini beradi.


Talabgorlar uchun asosiy talablar

       - Soʻnggi oʻquv yili yakuniga koʻra yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi;

      - Davlat tilini mukammal darajada egallagan boʻlishi;

      - Rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida bilishi.


Ustunlik beriladigan mezonlar

      - ACCA va boshqa xalqaro darajadagi moliyaviy sertifikatlarga ega boʻlish;

      - Big Data (katta ma’lumotlar) bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlish;

      - IELTS sertifikatida 7.0 yoki undan yuqori ball;

     - Iqtisodiyot, moliya yoki axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi xalqaro yoki respublika miqyosidagi olimpiadalarda gʻolib yoki sovrindor boʻlish.


Tanlovning oʻtkazish tartibi

·       Test sinovlari masofaviy shaklda 15-sentabr kuni soat 10-00 da quyidagi havola yordamida oʻtkaziladi

-          iqtisodiyot, bank ishi, moliya, amaliy matematika mutaxassisliklar uchun
(makroiqtisodiyot, mantiqiy fikrlashga oid savollar);

-          axborot texnologiyalari boʻyicha (mantiqiy fikrlash va sohaga oid savollar).

      Havola manzili: telegram.me/@cbu_stipendiya_bot



USD = 12314.71
+60.44
EUR = 14579.39
+62.98
RUB = 148.26
+0.37
GBP = 16804.65
+80.02
JPY = 83.62
-0.13
CHF = 15629.79
+49.03
CNY = 1733.05
+8.12
Барча валюталар
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by X