Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Марказий банк томонидан банк хизматлари истеъмолчиларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини таъминлаш чоралари кўрилмоқда

Янгиланган сана: 3 Окт 2025, 14:19
3 Окт 2025

“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan, Markaziy bank kredit tashkilotlari faoliyatidagi ularning xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan choralarni koʻrib bormoqda.

Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish yoʻnalishida qonunchilik talablariga rioya etilayotganligi yuzasidan TBC bank, Davr bank va Hamkorbankda oʻrganish oʻtkazilganda, ushbu banklar tomonidan qator qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi aniqlandi. Jumladan:

TBC bankda:

bank rasmiy veb-saytida axborot berish va isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi boʻyicha talablarni bajarmaslik;

kredit shartnomalari boʻyicha garov mulkiga nisbatan bankning huquqlari toʻgʻrisidagi yozuv qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirib garov reyestridan va garov mulklarini taqiqdan chiqarish;

qarz oluvchilarning oʻz moliyaviy ahvolini tahlil qilishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirilmasdan onlayn mikroqarzlar ajratish, kreditni qoplash uchun kelib tushgan mablagʻlarni qarzdorlikni soʻndirishga oʻz vaqtida yoʻnaltirmaslik;

bankda murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik holatlari.

Davr bankda:

bankning bir xizmatini isteʼmolchiga qoʻshimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan koʻrsatish;

xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha kunlik foizlarni notoʻgʻri hisoblash (undirish);

bank rasmiy veb-saytida axborot berish va isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi boʻyicha talablarni bajarmaslik;

isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalarga (bank ichki qoidalariga) ularning huquqlarini cheklab qoʻyadigan va (yoki) shartnomalarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar kiritilmaganligi bilan bogʻliq holatlar;

jismoniy shaxslar bilan tuzilgan kredit shartnomalarida kreditning toʻliq qiymatini koʻrsatmaslik;

bank mobil ilovasi orqali onlayn kredit ajratishda ushbu xizmatning asosiy isteʼmol xususiyatlari, shu jumladan oʻziga xos xususiyatlari haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumot berilmaganligi;

kredit shartnomalari boʻyicha garov mulkiga nisbatan bankning huquqlari toʻgʻrisidagi yozuv qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirib garov reyestridan va garov mulklarini taqiqdan chiqarish;

bankda murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik holatlari.

Hamkorbankda:

bank rasmiy veb-saytida axborot berish va isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi boʻyicha talablarni bajarmaganligi hamda shartnomalarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar kiritilmaganligi;

kredit ajratish jarayonida qonunchilikka amal qilinmagan holda kredit hujjatlarini koʻrib chiqish va kredit ajratish uchun bir martalik komissiyalar hamda garov mulkini taqiqqa qoʻyish va qoʻyilgan taqiqni bekor qilishga xizmat haqlari undirilganlik;

kredit shartnomalari boʻyicha garov mulkiga nisbatan bankning huquqlari toʻgʻrisidagi yozuv qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirib garov reyestridan va garov mulklarini taqiqdan chiqarish;

bankda murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik holatlari.

Markaziy bank tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarliklar xususiyati, miqyosi, davomiyligi va boshqa holatlar inobatga olingan holda TBC bankka nisbatan 615,0 mln.soʻm, Davr bankka nisbatan 931,0 mln.soʻm va Hamkorbankka nisbatan 955,0 mln.soʻm miqdorida jarima sanksiyasi qoʻllanildi. Shuningdek, aniqlangan holatlarni bartaraf etish, isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplash va ularning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan banklarga aniq koʻrsatmalar berdi. Jumladan,

TBC bank tomonidan kreditni qaytarish jadvalida koʻrsatilgan toʻlovlardan koʻp kelib tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda qarzdorlikni soʻndirishga yoʻnaltirilmaganligi natijasida qarz oluvchilarga ortiqcha hisoblangan 2,5 mlrd. soʻm foizlar hamda kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud qarorlari chiqarilgandan soʻng qonunga zid ravishda hisoblangan 1,7 mlrd. soʻm foizlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Davr bank tomonidan xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha ortiqcha hisoblangan 1,7 mlrd. soʻm foizlar, qonunchilikka zid ravishda kredit summasidan ushlab qolingan 1,9 mlrd. soʻm mablagʻlar va garov mulkini taqiqqa qoʻyish uchun undirilgan 461,6 mln.soʻm toʻlovlar isteʼmolchilarga qaytarib berildi.

Hamkorbankka esa qonunchilikka zid ravishda kredit ajratishda undirilgan 19,2 mlrd. soʻm toʻlovlar hamda garov mulkini taqiqqa qoʻyish va taqiqdan chiqarish uchun undirilgan 1,5 mlrd. soʻm toʻlovlar, shuningdek kredit shartnomalariga nazarda tutilmagan boʻlsa-da, lekin qarz oluvchilardan undirilgan 54,9 mln. soʻm komissiyalarni isteʼmolchilarga qaytarib berishni taʼminlash yuzasidan vazifalar yuklatildi.

Bundan tashqari, Markaziy bankka moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarda koʻtarilayotgan asosli masalalar isteʼmolchilar foydasiga hal qilinmoqda.

Jumladan, Markaziy bankka bank tizimi boʻyicha kelib tushgan murojaatlarning 121 tasida keltirilgan shikoyatlar, shu jumladan 68 tasi boʻyicha 2,4 mlrd. soʻmlik moliyaviy naflar murojaat qiluvchining foydasiga hal etildi.

Xususan:

20 ta holatda sudning hal qiluv qaroridan keyin qonun hujjatiga zid ravishda hisoblangan 1,5 mlrd. soʻmlik foiz va penyalar bekor qilinishi hamda mijoz bilan qayta hisob-kitob qilinishi;

26 ta holatda kredit qarzdorligi hisobi notoʻgʻri va asossiz yuritilishi oqibatida qarz oluvchidan ortiqcha undirilgan 635,8 mln. soʻmlik mablagʻlar qaytarilishi;

22 ta holatda 307,5 mln. soʻmlik asossiz undirilgan xizmat haqlari, toʻlovlar va kredit mablagʻlari mijozlar foydasiga qaytarilishi taʼminlandi.

Markaziy bank nazorat choralarini nafaqat qoidabuzarliklarni bartaraf etish vositasi, balki bank xizmatlaridan foydalanish jarayonining barcha bosqichlarida — xizmatga murojaat qilingan paytdan to uni amalga oshirib boʻlingunicha — isteʼmolchilar bilan munosabatlarda xizmat koʻrsatish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim omili sifatida koʻradi.

Markaziy bank moliyaviy tashkilotlar faoliyati samaradorligi daromad yoki operatsiyalar hajmi bilan birga ularning isteʼmolchilarga koʻrsatayotgan munosabati orqali ham baholanishi kerak deb hisoblaydi.

Mijozbay ishlash madaniyatini shakllantirish biznes rivojiga toʻsiq boʻlmaydi, aksincha uning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu madaniyat tijorat tashkilotlari uchun boshqa strategik maqsadlar qatorida turishi, barqaror ishonch va uzoq muddatli obroʻ-eʼtibor poydevori sifatida xizmat qilishi zarur.

Bunda, banklarda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doimiy eʼtibor qaratish, murojaatlarda koʻtarilgan masalalarga tizimli yechim topish, bank xodimlarining masʼuliyatli xulq-atvorini shakllantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mijozlar bilan adolatli, shaffof hamda ishonchli munosabatlarni yoʻlga qoʻyish kabi maqsadlarga erishish ustuvor hisoblanadi.

Markaziy bank bundan buyon isteʼmolchilarning huquqlari buzilgan holatlarda nazorati ostidagi barcha moliyaviy tashkilotlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrib, bu haqida oʻzining rasmiy axborot kanallari orqali jamoatchilikka muntazam ravishda maʼlumot berib boradi.

USD = 11972.35
-17.65
EUR = 13852.01
-14.43
RUB = 147.52
-0.03
GBP = 15702.93
-39.94
JPY = 77.32
-0.37
CHF = 14978.54
+52.61
CNY = 1682.12
-1.82
Барча валюталар
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by X