Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti

Yangilangan sana:  2 Apr 2021, 17:55
  • Rahbar: Фазилов Нусратилла Нигматуллаевич

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-60-30

Vazifa va funksiyalar

Departamentning vazifalari:
  • bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida tijorat banklari (keyingi o‘rinlarda banklar deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solish hamda ularni masofaviy (distansion) nazorat qilish;
  • kredit tashkilotlari va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Markaziy bank Boshqaruviga va bank nazorati Qo‘mitasiga takliflar kiritish;
  • banklar va kredit byurolarini davlat ro‘yxatiga olish daftarini hamda kredit tashkilotlari va kredit byurolariga berilgan litsenziyalar reestrini yuritish;
  • auditorlik tashkilotlari hamda auditorlarga banklarda audit tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlarni berish yuzasidan Markaziy bank Boshqaruviga va Qo‘mitaga takliflar kiritish;

Departamentning vazifalari:
  • Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlar va me’yoriy huquqiy hujjatlar talablarining tijorat banklari tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
  • bank-moliya tizimini erkinlashtirish va isloh qilish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish va ularni muvofiqlashtirish;
  • banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, moliyaviy hisobotlar tuzish va bank operatsiyalarini amalga oshirish borasidagi qoidalarni ishlab chiqish;
  • banklarning moliyaviy holati, jumladan, aktivlar (kreditlar) sifati, likvidlik darajasi hamda to‘lovga layoqatliligini tahlil qilish va baholash, banklarning ichki auditiga doir talablarni ishlab chiqish;
  • bank tavakkalchiliklarini dastlabki bosqichda vujudga kelishini barvaqt aniqlash, oldini olish va bartaraf etishda bank imkoniyatlarini oshirish maqsadida turli xil ssenariylarda o‘tkazilgan stress-testlar natijalarini tahlil qilish;
  • nobank kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish hamda ular tomonidan Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlar va me’yoriy huquqiy hujjatlar talablarini bajarilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborish;
  • Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solishni takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.
Departamentning funksiyalari:
  • banklarni (filiallarini) tashkil etish hamda lombardlar va mikrokredit tashkilotlariga faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berish bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqadi, shuningdek ushbu masalalarni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mitaga tegishli hujjatlarni tayyorlab, kiritadi;
  • auditorlik tashkilotlari banklarda audit tekshiruvlarini amalga oshirish uchun sertifikat hamda auditorlarga malaka sertifikatlarini berish masalasi yuzasidan Markaziy bankning Banklarda audit tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikat va malaka sertifikatlarini berish hamda auditorlar malakasini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha bank auditi komissiyasi muhokamasiga kiritish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
  • banklarda audit tekshiruvlarini amalga oshirish huquqiga ega auditorlik tashkilotlari faoliyatiga doir ma’lumotlarni bir tizimga soladi va umumlashtiradi;
  • banklarda auditorlik tekshiruvlarini muvofiqlashtiradi;
  • banklarning ichki auditiga doir talablarni ishlab chiqadi va Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertiza qilish guruhiga qiritadi;
  • banklarning ustav kapitali ularning ustavlarida ko‘zda tutilgan miqdorda va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida shakllantirilishi hamda ko‘paytirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • banklarning moliyaviy holati, jumladan, aktivlar (kreditlar) sifati, likvidlik darajasi hamda to‘lovga layoqatliligini tahlil qiladi va baholaydi;
  • bank tavakkalchiliklarini dastlabki bosqichda vujudga kelishini barvaqt aniqlash, oldini olish va bartaraf etishda bank imkoniyatlarini oshirish maqsadida turli xil ssenariylarda o‘tkazilgan stress-testlar natijalarini tahlil qiladi;
  • banklar faoliyatiga doir asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hamda departament vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
  • banklarning kreditlash, moliyalashtirish imkoniyatlarini o‘rganadi hamda amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq nazorat qiladi;
  • banklardan balanslarni va o‘rnatilgan shakllarda moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobotlarni qabul qiladi va monitoring qiladi;
  • banklar ishonchliligi va moliyaviy barqarorligining pasayish sabablarini tahlil qiladi;
  • banklar tomonidan qonunlar, me’yoriy hujjatlar va ular bilan belgilab qo‘yilgan iqtisodiy me’yorlar buzilgan holatlarda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 53-moddasiga muvofiq tegishli choralarni qo‘llash yuzasidan bank nazorat Qo‘mitasiga takliflar kiritadi;
  • muammoli banklarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
  • banklarni qayta tashkil etish, vasiylik tayinlash yoki tugatish to‘g‘risida Markaziy bank rahbariyatiga takliflar kiritadi;
  • banklarda o‘tkazilayotgan inspeksiya va ular faoliyatiga tegishli alohida masalalarni o‘rganish bo‘yicha tekshiruv natijalarini umumlashtiradi;
  • banklar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar (Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqalar) bilan axborot almashishda, hamkorlikda tahlillar o‘tkazishda, dasturlar va loyihalar ishlab chiqishda qatnashadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya tizimini erkinlashtirish, isloh qilish va takomillashtirishga doir qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini, shuningdek, banklar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi va Markaziy bankka kelib tushayotgan mazkur hujjatlar loyihalari yuzasidan lozim bo‘lsa xulosalar tayyorlaydi;
  • bank tizimini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida banklarda olib borilayotgan islohotlarni, jumladan, minibanklar tarmog‘ini rivojlantirishni monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi;
  • o‘z vakolatlari doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar hamda xalqaro tashkilotlar va tijorat banklarining bank faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha qiziqtirgan so‘rovlari va xatlarga malakali javoblar tayyorlaydi;
  • Markaziy bankning tegishli departamentlari bilan birgalikda Departament xodimlari, tijorat banklari xodimlari va bank operatsiyalarining alohida turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarning xodimlari uchun seminarlar tashkil etadi.

USD = 12514.45
+17.65
EUR = 13535.63
-24.65
RUB = 137.06
-0.75
GBP = 15807.00
-21.45
JPY = 83.08
-0.34
CHF = 14139.02
-92.62
CNY = 1738.38
+1.46
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X